Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə10/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Kasallik va zararkunandalari. Un shudring kasalligi: Bu kasallik bilan ko‘proq sabzi va lavlagi o‘simligi kasallanadi. Unga chalingan ekinlarning barglarida, poyalari va gullarida yozda unsimon oq g‘ubor, kuzda esa juda ko‘p qora nuqtalar paydo bo‘ladi. O‘simlikning zararlangan organlari qurib qoladi.

Kurash choralari: - oltingugurt kukuni bilan oxakni 1:1 (gektariga 15-20 kg) nisbatiga aralashtirib changlanadi yoki kolloid oltingugurtning 1 foizli suspenziyasi purkaladi.

Oq chirish kasalligi: - sabzi ildiz mevalarini saqlash vaqtida urug‘li o‘simliklarni zararlantiradi. Kasallik ildiz mevalar yuzasida oq g‘ubor (zamburug‘ ildizi) holida paydo bo‘ladi.

Kurash choralari: - oziq-ovqatga ishlatiladigan ildiz mevalar bor bilan, urug‘li ildiz mevalar esa Vitavaks (1 t urug‘likka 3 kg) preparati bilan changlanadi va urug‘lar Vitavaks preparati bilan (1 kg urug‘ga) dorilanadi.

Ildiz meva ekinlarida zararkunandalardan bo‘rgachalar, ayniqsa ko‘p uchraydi, unga qarshi o‘simlikka 5% anobadust, yoki nikodust (gektariga 25-30 kg) purkaladi. Lavlagi uzunburuniga qarshi o‘simlikka natriy kremneftorid (1l suvga 7 g), lavlagi shirasiga qarshi esa anabazin-sulfat yoki nikotin-sulfat purkaladi. Ildiz mevalarni, ko‘pgina boshqa sabzavot ekinlari singari, ko‘pincha yosh o‘simliklar ildiz va poyalarini kemiruvchi buzoqboshi zararlaydi.



Kurash choralari: - rux fosfit bilan zaharlangan don – xo‘raklar sochiladi. Bundan tashqari, ildiz mevalar orasiga don ekinlari ekib, ularni erta bahorda 60% li geptaxlor emulsiyasi bilan ishlash ham yaxshi natija beradi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin