Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Ildiz mevalar hosilini yig‘ishtirish



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə11/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Ildiz mevalar hosilini yig‘ishtirish. O‘zbekistonda qand lavlagi hosilini yig‘ishtirish eng qiyin bosqichlardan hisoblanadi, chunki lavlagi ildiz mevasini yig‘ishtiradigan maxsus kombaynlar bo‘lmaganligi sababli, qo‘l bilan yig‘ishtirib olinadi, yig‘ishtirishdan oldin (oktyabrning oxiri-noyabrning boshlarida) bargni KIR-1,5 yordamida o‘rib olish, ildiz mevasini MTZ-80 yoki MTZ-60 traktorlariga o‘rnatilgan maxsus lavlagi kuraklarida yoki go‘zapoya kavlagichlarida kavlanadi. Yig‘ishtirib olingan ildiz mevalarni qolgan barglaridan tozalanadi va qishda saqlanadigan joylarga jo‘natiladi.

Respublikada boshqa ildiz mevalardan xo‘raki lavlagi, sabzi, turp, sholg‘om, selderey va petrushka kech kuzda hosili yaxshi etilgandan so‘ng yig‘ishtiriladi. Bunda kuzgi sovuq tushguncha yig‘ishtirilib olinishi muximdir. Kavlab olingan ildiz mevalar silkitib tuproqdan tozalangan holda barglari kesiladi. Yirikligi va sifatiga qarab saralanadi. Shikastlanmagan, barglari to‘g‘ri kesilgan, sog‘lom ildiz mevalar qop, konteyner yoki qutilarga solib sabzavot omborlarga, tayyorlash shaxobchalari va doimiy omborlarda saqlanadi.

Bahorda ekilgan ildiz mevalarni realizatsiya qilish uchun tovar mahsulot olish mo‘ljallangan bo‘lsa, maysalar ko‘ringandan 50-60 kun o‘tgach, ya‘ni sabzi ildiz mevasining diametri 1,5-2 sm, lavlaginiki esa 3-3,5 sm ga etgandan boshlab hosilni yig‘ib-terib olishga kirishiladi. Kavlab olingan o‘simlik barglari kesilmasdan bog‘-bog‘ qilib, shu kunning o‘zidayoq yoki ikkinchi kuni realizatsiya qilinadi.

Bahorgi ildiz mevalarning asosiy hosili iyun-iyul oylarida yog‘ingarchilik boshlanmasdan, qattiq sovuq tushmasdan oldin yig‘ishtirib olinadi. Yozda ekilganlarning hosili noyabr oylarida yig‘ishtiriladi. Sovuqqa chalingan ildiz mevalar ta‘mini yo‘qotadi va uzoq saqlanmaydi.

Dastlab sovuqqa chidamsiz, ildiz mevasi tuproqqa chuqur kirmaydigan ekinlarning hosili yig‘ib olinadi. Odatda, oldin lavlagi, keyin sholg‘om, turp, sabzi, petrushka va selderey hosilini yig‘ib olishga kirishiladi. Pasternak nihoyatda sovuqqa chidamli bo‘lganidan uni nafaqat kuzdagina emas, qishda kun iligan paytlarda, xatto bahorda ham yig‘ib olish mumkin.

Ildiz mevalarni yig‘ib-terib olishda elevator turidagi lavlagi va kartoshka kavlagichlardan foydalaniladi. Otga qo‘shib ishlatiladigan qurollardan kovlaydigan panjalar va otvalli ilib qo‘yilgan pluglar qo‘llaniladi.

Qazib olingan ildiz mevalarning bargi o‘zak doirasi to‘g‘risidan shu kuniyoq pichoq bilan kesib tashlanadi, chunki bargi bilan turib olsa ildiz mevaning suvi qochadi, so‘liydi va keyinchalik unchalik yaxshi saqlanmaydi. Barglaridan tozalanadi, keyin ularni yirik maydali o‘lchamiga qarab sarflanadi va ayni qishgi saqlashga yaroqsiz, ya‘ni etilmagan, yorilgan, shikastlangan ildiz mevalar ajralib olinadi.

Hosilni yig‘ish, saralash va tashish vaqtida ildiz mevalarni urintirmaslikka, shikastlantirmaslikka (kesmaslik, po‘stini shilmaslik va boshqa) harakat qilish kerak, chunki zararlangan ildiz mevalar yaxshi saqlanmaydi.

Ildiz mevalarning hosildorligi ekinning naviga, parvarishlash agrotexnikasi va ekish muddatiga qarab keskindarajada o‘zgaradi. Masalan, ertagi sabzining gektaridan 120-130 s, kechkisidan 130-150 s; lavlagining ertagisidan 130-140 s, kechkisidan 150-180 s; sholg‘omdan 110-130 s; turpdan 120-150 s va petrushkaning har gektaridan 80-100 s atrofida hosil olish mumkin. Ilg‘or sabzavotchilik xo‘jaliklarida ildiz mevalardan ancha yuqori gektaridan 250-300 s va undan ortiq hosil etishtirilmoqda.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin