Aromatik uglevodorodlar. Benzol molekulyar massasi 78.12 va qaynash harorati 80,20 0C bo‘lgan suyuqlik. O‘z-o‘zidan alangalanish harorati 580 0C.
Benzol suvda yaxshi erimaydi.100 g suvda 20 0C harorati 0.08 g benzol eriydi. Moylarni benzolni erishi xuddi benzindagidek. Benzol juda zaharli bo‘lganligi uchun sanoatda ishlatilmaydi. Benzol Xitoy xalq respublikasida moy olishda erituvchi sifatida ishlatiladi.
Alifatik keton, atseton CH3COCH3 - bu o‘ziga xos hidli suyuqlik. Molekulyar massasi 58.08 qaynash harorati 56 0C. o‘z-o‘zidan alangalanish harorati 500 0C. Atseton suvda yaxshi eriydi. Moylar atsetonda xuddi benzindagidek eriydi. Atsetonning o‘ziga xos xususiyati shundaki unda fosfatidlar erimaydi.
Etil spirti C2H5OH . Sifatli erituvchi sifatida ishlatilishini afzalligi shundagi, moy etil spirtida 120 0C da yaxshi eriydi va 16-240C ga sovitilganda spirt moydan ajraladi. Shu yo‘l bilan mistsellaga issiqlik ta‘sir etmasdan spirtni ajratib olish mumkin.
Spirt bilan ekstraktsiya qilganda moy bilan birga unga yo‘ldosh bo‘lgan(fosfatidlar, rang beruvchi va bosh) moddalar spirtdan ajralmaydi. Moydan ajratilgan spirt rektifiatsiyasiz ekstraktsiyalashda ishlatiladi. Qachonki spirtning kontsentratsiyasi 95 % dan kamaysa u rektifikatsiya qilinib keyin ekstraktsiyaga ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |