Kunjut. Kunjut eng qimmatli moyli ekinlardandir. Uning urug‘ida 48-63% moy, 16-19% oqsil va 16-17% azotsiz moddalar mavjud. Kunjut moyi yuqori sifatli o‘simlik moyi hisoblanadi. Uning moyi yarim quriydigan, yod soni 103-112 ga teng, sovitish usuli bilan olingan kunjut moyi iste’mol uchun eng yaxshi moy hisoblanadi, konserva, qandolat mahsuloti, margarin tayyorlashda va tabobatda ishlatiladi. Qobig‘idan tozalangan va urug‘i maydalangan kunjutdan yuqori navli holva tayyorlanadi.
Kunjut kunjarasida 40% oqsil, 8% moy bo‘ladi, u qandolat sanoatida keng qo‘llanadi va mollarga oziq sifatida beriladi.
Uning vatani Afrika bo‘lib, Markaziy Osiyoga Hindistondan kelgan. Yer yuzida ekin maydoni 6,73 mln ga. Kunjut Hindiston, Pokiston, Xitoy, Meksika, Afrika va Markaziy Osiyoda ekiladi. O‘zbekistonda 1998 yilda 2,85 ming ga yerga ekilgan, o‘rtacha hosil 4,1 ts/ga bo‘lgan. Suvli erlarda 8-10 ts/ga hosil beradi.
Kunjut bir yillik o‘simlik bo‘lib, juda ko‘p turlari bor. Urug‘ining rangi, shakli, moyliligi va vegetatsiya davrining uzun-qisqaligi jihatdan har xil navlar bo‘ladi. O‘rta Osiyoda ekiladigan kunjut past bo‘yli, ertapishar, rangi oq, sariq, pushti va binafsha tusda. Shakli tuxumsimon (zig‘irnikiga o‘xshagan), bo‘yi 2,7-3,9 mm, eni 1,6-2mm va qalinligi 1 mm bo‘ladi.
Y
20-rasm. Kunjut
axshi quritilgan kunjut bir yilgacha buzilmay saqlanadi. Hindistonda quritilgan zig‘ir va kunjut sopol xumlar, bidon yoki jut qoplarda saqlanadi. Bizda ham kunjut qoplarga solib, ustma-ust taxlab qo‘yib saqlanadi.
Kunjut moyi mazali, ko‘knor urug‘ining moyiga o‘xshash bo‘lib, tarkibida 52,6% olein kislotaning glitseridlari, 36,6% linolen kislotaning glitseridlari, 7,0% palmitin va 3,4% stearin kislotaning glitseridlari bo‘ladi. Kunjut moyi va kunjarasi holva va boshqa konditer mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |