Maxsar. Urug‘ining tarkibida 17-37% yarim quriydigan oq-sariq rangli moy bo‘ladi. Po‘sti tozalangan urug‘dan olingan moy o‘zining ta’m sifati bo‘yicha kungaboqar moyidan qolishmaydi.
Moyi oziq-ovqat uchun margarin tayyorlashda, shuningdek, u texnik ahamiyatga ega bo‘lib, alifmoy, linoleum, sovun va boshqa mahsulotlar olinadi. Kunjarasi achchiq bo‘ladi. Shuning uchun o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Lalmi erlarda pichan, ko‘kat va silos uchun ekiladi, uni tuyalar, qo‘ylar va qoramol yaxshi eydi. Maxsar ekilgan maydon qorako‘l qo‘ylari uchun yaxshi yaylov hisoblanadi. Maxsarning vatani Afg‘oniston. U Hindistonda, Birlashgan Arab Amirligi, Eron, O‘rta va Janubiy Amerikada ekiladi. O‘zbekistonda 1998 yil 40,38 ming gektarga ekilgan. Qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lganligi uchun u lalmi erlarda keng tarqalgan. Lalmi erlarda undan 3-4 ts/ga urug‘ va 45-60 ts/ga ko‘kat olinadi yoki 16-23 ts/ga pichan olinadi.
Dostları ilə paylaş: |