Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Zig‘ir. Zig‘irning bir necha turi bor. Zig‘ir moyi tez quriydigan moylar guruhiga kiradi va u ayniqsa, lak-



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə53/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Zig‘ir. Zig‘irning bir necha turi bor. Zig‘ir moyi tez quriydigan moylar guruhiga kiradi va u ayniqsa, lak-bo‘yoq sanoatida qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Zig‘ir moyi alifmoy, bosmaxona bo‘yoqlari, sovun va boshqa narsalar ishlab chiqarishda hamda oziq-ovqatda ishlatiladi. Zig‘ir kunjarasi mollar, ayniqsa, yosh mollar uchun qimmatli to‘yimli oziq hisoblanadi. Zig‘ir kunjarasining tarkibida 30-36% gacha oqsil, 8,6% gacha moy va boshqa ozuqalar bor. Zig‘ir tolasi qo‘oz sanoati uchun ishlatiladi. Zig‘irning vatani janubi-g‘arbiy va sharqiy Osiyo.

Yo‘-moy sanoatida ishlatiladigan zig‘ir Shimoliy Qavkaz, Ukrainada, RSFSR ning qoratuproqli oblastlarida, Qozo‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘izistonda va Uralda ekiladi.

Zig‘ir urug‘i qobiqqa o‘ralgan bo‘lib, bu qobiq epodosperma bilan qattiq yopishgan. Epodospermadan keyin urug‘ning avlod kurtagi joylashgan. Zig‘ir urug‘ining ustki yupqa po‘sti tarkibida uglevodlar va shilimshiq moddalar bo‘lib, ular suv ta’sirida bo‘kadi. Urug‘i tarkibida naviga qarab 28,9-44,4% moy; 18,5-33,8% oqsil moddalar; 3,9-8,7% kul; 4,5-12,5% gacha sellyuloza bo‘ladi.

Zig‘ir moyi tez quriydigan moy bo‘lganligi uchun lak-bo‘yoq sanoatida olifa va turli bo‘yoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Uning tarkibida 9,7% gacha to‘yingan moy kislotalar; 34,0% linolen kislota; 70% linol kislota va 5,0% gacha olein kislota bo‘ladi. Zig‘ir moyi oziq-ovqatga ham ishlatiladi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin