Mag‘z tarkibidagi moyning holati. Ma‘lumki, moyli o‘simliklar urug‘i shu urug‘ning to‘qimalarini tashkil qiluvchi juda ko‘p hujayralardan tashkil topgan. Har qaysi hujayra, hujayra po‘stidan va protoplazmadan tashkil topgan bo‘lib, mana shu protoplazma ichiga moy bir tekisda shimilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘simlik urug‘i tarkibidagi moyni ajratib olish uchun mumkin qadar ko‘proq hujayralarni parchalash zarur.
Qobig‘idan ajratilib tozalangan moyli xom ashyoni mag‘zini ezish, ulardan moy olish texnologiyasini birinchi bosqichidir. Bu jarayonining maqsadi:
1.Mag‘iz hujayralarini maksimal miqdorda parchalash. Mag‘iz qancha yanchilsa, shuncha ko‘p xujayralar parchalanadi.
2.Mag‘iz parchalarini optimal o‘lchamda maydalanishini ta‘minlash.
3.Mag‘izni bir xil maydalanishini ta‘minlash.
4.Mag‘izga yaproqsimon struktura hosil qilish va buning natijasida keyingi boradigan texnologik jarayonlarini (qovurish, presslash va ekstraktsiyalash) borishini osonlashtirish .
Dostları ilə paylaş: |