«Keys-stadi» - inglizcha so‗z bo‗lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o‗rganmoq, tahlil qilmoq)
aniq vaziyatlarni o‗rganish, tahlil qilish asosida o‗qitishni amalga oshirishga
qaratilgan metod
hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy
boshqaruv fanlarini o‗rganishda foydalanish tartibida qo‗llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki
aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o‗z ichiga
quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qaerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday/
Qanaqa (How), Nima-natija (What). “Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari Ish bosqichlari Faoliyat
shakli va mazmuni 1-bosqich: Keys va uning axborot ta‘minoti bilan tanishtirish
yakka tartibdagi audio-
vizual ish;
keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda);
axborotni umumlashtirish;
axborot tahlili;
muammolarni aniqlash 2-bosqich: Keysni aniqlashtirish va o‗quv topshirig‗ni belgilash
individual va guruhda ishlash;
muammolarni dolzarblik ierarxiyasini
aniqlash;
asosiy muammoli
vaziyatni belgilash 3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‗quv topshirig‗ining
yechimini izlash, hal etish yo‗llarini
individual va guruhda ishlash;
muqobil yechim yo‗llarini ishlab
chiqish;
har bir yechimning imkoniyatlari va to‗siqlarni tahlil qilish;
muqobil yechimlarni tanlash II.
MODULNI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA'LIM METODLARI 11 ishlab chiqish 4-bosqich:
Keys yechimini yechimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.
yakka va guruhda ishlash;
muqobil
variantlarni amalda qo‗llash imkoniyatlarini
asoslash;
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
yakuniy
xulosa va vaziyat yechimining amaliy aspektlarini yoritish «FSMU» metodi Texnologiyaning maqsadi:
Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash,
qiyoslash orqali axborotni o‗zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‗nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma‘ruza mashg‗ulotlarida, mustahkamlashda,
o‗tilgan mavzuni so‗rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‗ulot natijalarini tahlil etishda
foydalanish tavsiya etiladi. Texnologiyani amalga oshirish tartibi: - qatnashchilarga mavzuga oid bo‗lgan
yakuniy xulosa yoki g‗oya taklif etiladi; - har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari
yozilgan qog‗ozlarni tarqatiladi: - ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda
taqdimot qilinadi. FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni
amaliy mashqlar va mavjud
tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‗zlashtirilishiga asos bo‗ladi. “Assesment” metodi
Metodning maqsadi: mazkur metod ta‘lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish,
o‗zlashtirish ko‗rsatkichi va amaliy ko‗nikmalarini tekshirishga yo‗naltirilgan. Mazkur texnika orqali
ta‘lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo‗nalishlar (test, amaliy ko‗nikmalar, muammoli vaziyatlar
mashqi, Ф • фикрингизни баён этинг • фикрингизни баёнига сабаб кўрсатинг С • кўрсатган
сабабингизни М исботлаб мисол келтиринг У • фикрингизни умумлаштиринг II. MODULNI
O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA'LIM METODLARI 12 qiyosiy tahlil, simptomlarni
aniqlash) bo‗yicha tashhis qilinadi va baholanadi. Metodni amalga oshirish tartibi: ―Assesment‖ lardan
ma‘ruza mashg‗ulotlarida talabalarning yoki qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o‗rganishda,
yangi ma‘lumotlarni
bayon qilishda, seminar, amaliy mashg‗ulotlarda esa mavzu yoki ma‘lumotlarni
o‗zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‗z-o‗zini baholash maqsadida individual shaklda
foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, o‗qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‗quv maqsadlaridan
kelib chiqib, assesmentga qo‗shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin. “Tushunchalar tahlili” metodi
Metodning maqsadi: mazkur metod talabalar yoki qatnashchilarni mavzu buyicha tayanch
tushunchalarni o‗zlashtirish darajasini aniqlash, o‗z bilimlarini mustaqil
ravishda tekshirish, baholash,
shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‗llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
ishtirokchilar mashg‗ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
o‗quvchilarga
mavzuga yoki bobga tegishli bo‗lgan so‗zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi (
individual yoki guruhli tartibda);
o‗quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma‘no anglatishi, qachon,
qanday holatlarda qo‗llanilishi haqida yozma ma‘lumot beradilar;
belgilangan vaqt yakuniga yetgach
o‗qituvchi berilgan tushunchalarning tugri va tuliq izohini uqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish
etadi;
har bir ishtirokchi berilgan tugri javoblar bilan uzining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi,
farqlarini aniqlaydi va o‗z bilim darajasini tekshirib, baholaydi. “Blits-o„yin” metodi Metodning maqsadi:
o‗quvchilarda tezlik, axborotlar
tizmini tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlash ko‗nikmalarini
shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash maksadida qo‗llash samarali
natijalarni beradi. Metodni amalga oshirish bosqichlari: 1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu
yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya‘ni tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan
materialni sinchiklab o‗rganish talab etiladi. Shundan so‗ng, ishtirokchilarga to‗g‗ri javoblar
tarqatmadagi «yakka baho» kolonkasiga belgilash kerakligi tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka
tartibda bajariladi. 2. Navbatdagi bosqichda trener-o‗qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat kichik
guruhlarga birlashtiradi va guruh a‘zolarini o‗z fikrlari bilan II. MODULNI O'QITISHDA
FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA'LIM METODLARI 13 guruhdoshlarini
tanishtirib, bahslashib, bir-
biriga ta‘sir o‗tkazib, o‗z fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to‗xtamga kelib, javoblarini «guruh
bahosi» bo‗limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
3. Barcha kichik guruhlar o‗z ishlarini tugatgach, to‗g‗ri harakatlar ketmaketligi trener-o‗qituvchi
tomonidan o‗qib eshittiriladi, va o‗quvchilardan bu javoblarni «to‗g‗ri javob» bo‗limiga yozish
so‗raladi. 4. «To‗g‗ri javob» bo‗limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo‗limida berilgan raqamlar
taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so‗raladi. Shundan so‗ng «yakka xato»
bo‗limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo‗shib chiqilib, umumiy yig‗indi hisoblanadi. 5.
Xuddi shu
tartibda «to‗g‗ri javob» va «guruh bahosi» o‗rtasidagi farq chiqariladi va ballar «guruh xatosi»
bo‗limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo‗shiladi va umumiy yig‗indi keltirib chiqariladi. 6. Trener-
o‗qituvchi yakka va guruh xatolarini to‗plangan umumiy yig‗indi bo‗yicha alohida-alohida sharhlab
beradi. 7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo‗yicha o‗zlashtirish darajalari
aniqlanadi. “Portfolio” metodi ―Portfolio‖ – ( ital. portfolio-portfel, ingl.hujjatlar uchun papka) ta‘limiy
va kasbiy faoliyat natijalarini autentik baholashga xizmat qiluvchi zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan
hisoblanadi. Portfolio mutaxassisning saralangan o‗quvmetodik ishlari, kasbiy yutuqlari yig‗indisi
sifatida aks etadi. Jumladan, talaba yoki tinglovchilarning modul yuzasidan o‗zlashtirish natijasini
elektron portfoliolar orqali tekshirish mumkin bo‗ladi. Oliy ta‘lim muassasalarida portfolioning quyidagi
turlari mavjud: Faoliyat turi Ish shakli Individual Guruhiy Ta‘limiy faoliyat Talabalar
portfoliosi, bitiruvchi,
doktorant, tinglovchi portfoliosi va boshq. Talabalar guruhi, tinglovchilar guruhi portfoliosi va boshq.
Pedagogik faoliyat O‗qituvchi portfoliosi, rahbar xodim portfoliosi Kafedra, fakultet, markaz, OTM
portfoliosi va boshq. II. MODULNI O'QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA'LIM METODLARI 14
NAZARIY MATERIALLAR III. B