Ki fakulteti ats 12 21


Global kompyuter tarmoqlari



Yüklə 401,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix29.11.2023
ölçüsü401,8 Kb.
#169754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Mavzu Global tarmoqlar va ularning qurilish usullari

Global kompyuter tarmoqlari 
Global kompyuter tarmoqlari (Wide Area Networks, WAN) yoki territorial 
kompyuter tarmoqlar – tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlardan, katta-katta 
xududlarga yoyilib ketgan ko’p sonli abonentlar foydalanadilar. Bu xududlarning 
chegaralari – viloyat, region, mamlakat, kontinent chegaralaridan iborat bo’lishi yoki 
yer yuzi bo’ylab yoyilgan bolishi mumkin. Global kompyuter tarmog’ining keng 
tarqalgan umumiy tuzilish chizmasi 2- rasmda keltirilgan ko’rinishga ega. Bunda: S 
(switch) - kommutatorlar, K - kompyuterlar, R (router) - marshrutizatorlar, MUX 
(multiplexor) - multipleksor, UNI (User-Network Interface) – foydalanuvchi-tarmoq 
interfeysi va NNI (NetworkNetwork Interface) – tarmoq-tarmoq interfeysi, PBX - ofis 
ATSi va kichkina qora rangli to’rtburchakchalar esa DCE qurilmalari, ya’ni 
modemlardir. Bunday tarmoq alohida ajratilgan aloqa kanallari asosida quriladi. 
Aloqa kanallari kommutatorlar – S, yordamida birlashtiriladi. Bu kommutatorlar 
paketlarni kommutatsiyalash markazlari (PKM) deb ham ataladi, ya’ni ular aynan 
paketlarni kommutatsiyalashni amalga oshiradilar. 1-rasmda keltirilgan global 
kompyuter tarmog’i kompyuter trafigi uchun qulay hisoblangan, paketlarni 
kommutatsiyalash rejimida ishlaydi. Lokal kompyuter tarmoqlarini korporativ 
tarmoqqa birlashtirish uchun bu rejimning afzalligini vaqt birligida uzatilyotgan 
ma’lumotlarning hajmi, hamda bunda tarmoqda ko’rsatilayotgan xizmatlar narxining 
2-3 marta arzon ekanligi ham isbotlaydi. Ko’p joylarda yuqoridagi rasmda keltirilgan 
ko’rinishdagi tarmoqlarni qurish imkoniyatlari mavjud bo’lavermaydi. Shuning uchun 
lokal tarmoqlarni o’zaro bog’lash uchun o’sha joyda bor bo’lgan aloqa kanallaridan 
ham foydalanishga to’g’ri keladi. Qanday aloqa kanallaridan foydalanilishiga qarab, 
global tarmoqlarning quyidagi xillarini ko’rsatish mumkin:
1. Alohida ajratilgan kanallardan foydalanuvchi global tarmoqlar.
2. Kanallarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi global tarmoqlar.
3. Paketlarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi global tarmoqlar.
Keltirilgan X.25, Frame Relay va SMDS global kompyuter tarmoqlari 
texnologiyalaridan, kompyuter tarmoqlari rivojlanish bosqichlarining ma’lum bir 
davrlarida samarali foydalanilgan. Hozirda esa, tarmoqlar orqali barcha xildagi 
trafikni uzatib bera olish imkoniyatiga ega bo’lgan ATM (Asynchronous Transfer 
Mode – uzatishning asinxron rejimi) va TCP/IP texnologiyalaridan foydalanilmoqda. 
ATM va undan avval ishlab chiqilgan X25 va Frame Relay texnologiyalarining 
tuzilishlari, 1-rasmda keltirilgan tuzilishga ega bo’lib, ular ma’lum bir xudud 
chegarasida joylashgan kompyuterlar va lokal kompyuter tarmoqlarini o’zaro 


birlashtirish uchun ishlab chiqilgan edi. Ushbu texnologiyalar ulargagina xos bo’lgan 
– adreslash tizimiga va ma’lumotlarni uzatish birliklariga ega bo’lgan. TCP/IP 
tarmoqlaridan boshlab IP-adreslash tizimi asosida ishlovchi va ma’lumotlarni uzatish 
birligi sifatida Ethernet texnologiyasi kadrlaridan foydalanuvchi tarmoqlar 
qo’llanilmoqda. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni uzatish tezliklari, 
ushbu texnologiyalarning dastlabki ishlab chiqarilgan variantlariga tegishlidir. ATM 
texnologiyasining keyingi ishlab chiqilgan variantlarida ma’lumotlarni uzatish tezligi 
2-10 Gbit/sek-larga etkazilgan. Turli xildagi marshrutizatorlar va birlamchi tarmoqlar 
yordamida qurilgan, hozirda keng qo’llanilayotgan - IP texnologiyasi asosida 
ishlayotgan global tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish tezliklarini yanada oshirish 
imkoniyatlari paydo bo’lmoqda. Korporativ tarmoqlarni qurish uchun 
foydalaniladigan global tarmoqlar ikkita katta guruhga bo’linadi:
1. Magistral tarmoqlar.
2. Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar yoki qisqacha ulanish 
tarmoqlari.
Territorial magistral tarmoqlardan (backbone wide-area networks) korxonaning katta 
bo’limlariga tegishli bo’lgan yirik lokal tarmoqlarni bir maromda ishlashini 
ta’minlash maqsadida birlashtirish uchun foydalaniladi. Magistral tarmoqqa odatda, 
ko’p sonli tarmoq osti tarmoqlari (subnets) ulanganligi sababli, uning o’tkazish 
qobiliyati ancha yuqori bo’lishi kerak bo’ladi. Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini 
beradigan tarmoqlar deganda, katta bo’lmagan lokal tarmoqlarni va alohida 
ishlaydigan kompyuterlarni, korxona markaziy tarmog’i bilan bog’laydigan territorial 
tarmoqlar tushuniladi. Bunda ishlatiladigan dasturiy va apparat vositalar uzoqdan 
turib ulanish vositalari deyiladi. Ulanuvchi, ya’ni mijoz tomonidan bunday vositalar 
sifatida modem va unga kerak bo’ladigan dasturiy vositalar qo’llaniladi. Ko’p sonli 
ulanuvchilar ishini, markaziy lokal tarmoq tomonidan uzoqdan turib ulanish serveri 
RAS (Remote Access Server) ta’minlab beradi. Bu server – marshrutizator, ko’prik va 
shlyuz vazifalarini bajaruvchi dasturiy-apparat kompleksdan iborat bo’ladi. 
Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoqning, ya’ni Internetning arxitekturasi keltirilgan 
ko’rinishga ega bo’ladi. Tarmoqlar orasidagi bog’lanishlar marshrutizatorlar 
yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoq arxitekturasi – 
ya’ni Internet tarmog’i

Yüklə 401,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin