Ki fakulteti ats 12 21


Birinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari



Yüklə 401,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix29.11.2023
ölçüsü401,8 Kb.
#169754
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Mavzu Global tarmoqlar va ularning qurilish usullari

Birinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari 
1980-1990 yillarda keng foydalanilgan ushbu mobil avlod standarti uchun 150MHz-
900MHz chastota diapozonidan foydalanilgan. Polosa kengligi 30Khz ni tashkil etgan 
va batariya ta’minoti juda kuchsiz bo’lgan. 1G mobil telefoni faqat ovozli ko’rinishda 
bo’lib, ovozning sifat darajasi ancha past bo’lgan. Mobil qurilmasining o’lchami esa 
ancha katta va foydalanish qo’pol bo’lgan. Stansiya bilan mobil qurilmasi o’rtasida 
analog ko’rinishda signal formatidan foydalanib maksimum 2Kbit/s tezlikda 
ma’lumot almashinilgan. 1G mobil qurilmasi va stansiyasi Ushbu avlod mobil 
qurilmasida ko’plab kamchiliklar va xizmat ko’rsatish sifati past bo’lgan, axborot 
xavfsizligi masalari yechilmaganligi sababli, 2 avlod mobil tarmoqlarida ko’plab 
yangi imkoniyatlar ishlab chiqildi, xizmatlar joriy etildi global tarmoqda foydalanish 
imkoniyatli hal etildi. Ikkinchi avlod aloqa mobil tarmoqlari GSM (Global System for 
Mobiles) standartiga asoslangan 2 avlod mobil standarti 1991 yil birinchi marta 
Finlandiyada joriy etildi. Bu avlod aloqa jarayonlari uchun 1 avloddan farqli ravishda 
raqamli signallardan foydalanildi. 900MHz chastota polosa kengligida ishlovchi 
ushbu standartning ma’lumot uzatish tezligi 64 Kbit/s gacha oshirish imkoniyati 
ishlab chiqildi. 2G tarmoqlari foydalanuvchilarga ovozli, matnli, rasmli va MMS 
(multimedia message) xizmatlarini yuqori sifatda taqdim eta oldi. 2G tarmog’ida 
mobil telefonini ishlash uchun kuchli raqamli signal talab etiladi, aks holda tarmoqda 
uzilishlar yuzaka keladi va raqamli signal yoqoladi. 2G tarmoqlarida xech qanday 
video xizmatlari joriy etilmadi, ammo 3G tarmoqlariga moslab video xizmatlarni 
qo’shish va yana qo’shimcha xizmatlari taqdim etish masalalari ko’rib chiqilgan. 2G 
mobil tarmoqlari arxitekturasi 2 (G) avlod mobil tarmoqlari GSM/CDMA standartiga 


asoslangan bo’lib, tarmoq bir nechta elementlardan tashkil topgan arxitekturaga 
asoslanadi. GSM tarmog’ining arxitekturasi Stansiya quyi tizimi (BSS), tarmoq va 
kommutatsiya (NSS), operatsiya va qo’llab-quvvatlash quyi tizimi (OMS), 
shuningdek MSC, AuC, HLR, VLR va boshqalar iborat.
BSS
(Base Station Subsystem) - an’anaviy uyali telefon tarmog’ining bo’limi bo’lib, 
u trafikni boshqarish va uyali telefon va tarmoqni kommutatsiya qilish o’rtasida 
signalizatsiya uchun javob beradi.
BTS
(Base Transceiver Station) - mobil telefonning tarmoqqa kirish nuqtasidir. U 
tarmoq va mobil telefon o’rtasida radio aloqalarni amalga oshirish uchun javobgardir. 
U nutqni kodlash, shifrlash, multiplekslash (TDMA) va radio signallarining 
modulyatsiyasi / demodulyatsiyasi bilan shug’ullanadi.
BSC
(Base Station Controller) - bir qator tayanch stantsiyalarni (BTS) boshqaradigan 
va ularning ustidan nazorat olib boradigan va tugunlar va mobil kommutatsiya 
markazi (
MSC
) o’rtasidagi interfeysni ta’minlaydigan tarmoq elementidir. Mobil 
kommutatsiya markazi (MSC/ Mobile Switching Center) - GSM / CDMA uchun 
ovozli qo’ng’iroqlar va SMS xabarlarini, shuningdek boshqa xizmatlarni (masalan, 
konferents-aloqalar, FAX va ulanish ma’lumotlari) marshturlash uchun javob 
beradigan asosiy xizmat ko’rsatish tuguni hisbolanadi. Barcha mobil telefonlardan 
mobil qo’ng’iroqlar va PSTN-dan mobil qo’ng’iroqlar G-MSC orqali marshturlanadi.
NSS
(Network switching subsystem) – tarmoqlarni kommutatsiya qilish quyi tizimi 
(NSS) (yoki GSM yadro tarmog’i) asosiy stansiyalar tarmog’ida roumingda mobil 
telefonlar uchun qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va harakatchanlikni boshqarish 
funktsiyalarini bajaruvchi GSM tizimining tarkibiy qismi.
AuC
(Authentication Centre) - Autentifikatsiya markazi bu tarmoqqa ulanishni 
istagan uyali aloqa abonentini aniqlash uchun ishlatiladigan GSM tarmog’idagi yana 
bir muhim element. Autentifikatsiya SIM-kartani aniqlash va yaroqliligini tekshirish 
orqali amalga oshiriladi.
HLR 
(Home Location Register) - bu mobil tarmoqning barcha uyali aloqa 
abonentlari, masalan raqamlar boshqa tarmoqqa ulanganmi yoki yo’qmi, xizmatlar 
kabi turli xil ma’lumotlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi.
VLR
(Visitor Location Register) – yangi hududga kirib boruvchi faoydalanuvchilarni 
(masalan Toshkentdan vodiyga boruvchilar) joyini ro’yxatga oladi. Bu HLR qamrov 
zonasidan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun rouming funktsiyalarini qo’llab-
quvvatlaydigan uyali tarmoqdagi server.
PSTN
(Public switched telephone network) - umumiy foydalanishdagi telefon 
tarmog’i - bu milliy, mintaqaviy yoki mahalliy telefon aloqa operatorlari tomonidan 
boshqariladigan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya infratuzilmasi va 
xizmatlarini taqdim etadigan dunyo bo’ylab simli infratuzilma orqali ovozli 
ma’lumotlarni uzatadigan telefon tarmoqlarining majmuasidir.

Yüklə 401,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin