Ochiq kalitli kriptografiya - Ochiq kalitli kriptografiyada (yoki assimetrik kriptografiya deb ham ataladi) ma’lumotni shifrlash qabul qiluvchining ochiq kaliti bilan amalga oshirilsa, uni deshifrlash qabul qiluvchining shaxsiy kaliti bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ochiq kalitli kriptotizimlarni ikki kalitli kriptotizimlar deb ham yuritishadi. Ochiq kalitli kriptografiyaning umumiy ko’rinishi 2.3-rasm “a”da keltirilgan. Ochiq kalitli kriptografik algoritmlar asosida ma’lumot almashinish uchun dastlab, jo’natuvchi qabul qiluvchining ochiq kalitiga ega bo’lishi kerak. Qabul qiluvchining ochiq kalitidan faqat ma’lumotni shifrlash uchun foydalaniladi va u bilan shifrmatnni deshifrlashning imkoni mavjud emas. Xuddi shuningdek, shaxsiy kalit bilan ma’lumotni shifrlash imkoni ham mavjud emas. Shifrmatnni deshifrlash esa faqat shaxsiy kalit egasiga joiz. Demak, shaxsiy kalit egasi tomonidan xavfsiz saqlanishi va o’zidan boshqa hyech kimga ma’lum bo’lmasligi kerak.

Shifrlash jarayonida ham ma’lumot boshqa formatga o’zgartiriladi. Biroq, uni faqat ma’lum shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bo’lgan) qayta o’zgartirishi mumkin bo’ladi. Shifrlashdan asosiy maqsad ma’lumotni maxfiyligini ta’minlash bo’lib, uni qayta o’zgartirish ba’zi shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bo’lmagan) uchun cheklangan bo’ladi.