Kichik maktab oʻquvchilarida bilish jarayonlarining


International Conference on Developments in Education



Yüklə 90,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü90,91 Kb.
#193842
1   2   3   4   5   6   7
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
https

econferencezone.org June 8
th
 2022 
141 
Axloqiy xatti-harakatlar ham xuddi shunday tarkib topadi. 7-8 yoshdagi oʻquvchilar toʻg’ridan-
toʻg’ri kattalarni, jumladan, oʻqituvchining koʻrsatmalari bilan ijobiy boʻladigan koʻrsatmani kutib oʻtirmay, 
ijobiy 
axloqiy 
ishlarini 
amalga 
oshiradilar. 
Xarakter. Kichik maktab yoshdagi oʻquvchilarda namayon boʻlgan xarakterologik xatti-harakatlarni 
hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat formalari deb 
boʻlavermaydi. Kichik yoshdagi oʻquvchilarda xarakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik yoshdagi 
oʻquvchilar xarakteri, xatti-harakatlari oʻzining beqarorligi va qarama-qarshiligi bilan farq qilishi mumkin. 
Shu munosabat bilan ba’zan ulardagi oʻtkinchi ruhiy holatlarni xato rivishda xislatiga qoʻshib yuborish 
mumkin. N.D.Letovitovning tajribalarida aks etishicha 1-sinf oʻqituvchisi oʻz oʻquvchi qizlaridan birini har 
qanday ishni oxirigacha yetkaza oladigan, qiyinchiliklarni yenga oladigan matonatli qiz deb hisoblar edi. 
Biroq tajribali ruhshunos tomonidan oʻtkazilgan kuzatishdan bu xususiyat ma’lum sharoitdagina maydonga 
keladigan vaqtinchalik, ya’ni oʻtkinchi ruhiy holat ekanligi ma’lum boʻldi. Oʻquvchi qizdagi xatti-harakatni 
koʻrganda va dugonasining faoliyati muvaffaqiyatli boʻlganda namayon boʻlgan muvaffaqiyatsizlik qizchani 
izdan chiqarib qoʻygan. 
Qiziqishlar. Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilishga boʻlgan qiziqish, atrof-
olamdagi olamni bilishga boʻlgan qiziqish koʻproq bilimga boʻlgan tashnalik va intellektual qiziquvchanlik 
juda sezilarli ravishda rivojlanadi. Ruhshunoslarning ta’kidlalariga qaraganda, dastavval ayrim faktlarga, 
boshqa narsalardan ajratib olingan yolg’iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar boʻladi. Undan keyin esa 
sabablarini, qonuniyatlarini, hodisalar oʻrtasidagi aloqa va oʻzaro bog’liqliklarni bilib olish uchun boʻlgan 
qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-2 sinf oʻquvchilarini «bu nima?» degan savol qiziqtirsa, birmuncha kattaroq 
yoshdagi oʻquvchilar uchun «nima sababdan», «qanday qilib?» degan savollar tashkil boʻlib qoladi. Oʻqish 
malakasining rivojlanishi bilan kitob oʻqishga, qiziqarli boʻlgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni oʻqishga, 
bundan ham soʻngroq qiyin boʻlmagan ilmiy fantastik va sargoʻzashtlar haqidagi kitoblarni oʻqishga qiziqish 
paydo boʻladi. Texnikaga, ayniqsa, hozirgi zamon texnikasiga, raketalarga, oy stantsiyalariga, lunaxodlarga, 
eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga boʻlgan qiziqish tez tarkib topadi. Qishloq maktablarining 3- 4- 
sinf oʻquvchilari qishloq xoʻjaligiga nisbatan sezilarli darajada oʻz qiziqishlarini namayon qila boshlaydilar. 
Shuning uchun oʻqituvchi kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarga nisbatan munosabatlarida qiziqishlar 
rivojlanishining qonuniyatlarini nazarda tutish zarurdir. Eslatilganidek, xususan, oʻqituvchining tegishli 
bahosi bilan aniqlanadigan bolaning oʻqishidagi oʻz muvaffaqiyatlarini, qoʻlga kiritgan yutuqlarini ichdan his 
qilish katta xususiyatga egadir. 
Badiiy-estetik rivojlanish. Kichik maktab yoshidagi davrda oʻquvchilar badiiy-estetik rivojlanishda katta 
imkoniyatlariga ega boʻladilar. Oʻquvchilar, odatda, rasm chizishga, loy yoki plastilindan narsa yasash 
ishlariga, ashula aytish va musiqaga juda qiziqadilar. Bunday faoliyatni toʻg’ri tadqiq qilish bir tomondan 
oʻquvchilarda estetik hislarning rivojlanishiga yordam beradi, ikkinchi tomondan, tegishli qobiliyat 
komponentlarining rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi. 
Kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Biroq shuni ta`kidlab oʻtish 
lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda ijtimoiy jihatdan qimmatli xislatlarini tarbiyalayvermaydi.
Oʻquvchilar oʻz-oʻziga xizmat qilish va oʻzlari uchun foydali boʻlgan narsalarni tayyorlash bilan 
shug’ullanayotganlarida ularda mehnatsevarlikni tarbiyalashga zoʻr ehtibor berish kerak. Kichik maktab 
yoshidagi oʻquvchilarni sekin-asta koʻpchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun boʻlgan ijtimoiy-foydali 
mehnatga jalb etish juda muhimdir. Oʻquv faoliyati kichik maktab yoshidagi oʻquvchi uchun nafaqat bilish 
jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat 
yaratadi. Ayshtish joizki, yetakchi boʻlgan oʻquv faoliyatidan tashkari boshqa faoliyatlar ham oʻquvchi 
shaxsiy rivojiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Shuningdek bu faoliyatlar asosida muvafaqqiyatga erishish 
motivlari bilan bog`liq boʻlgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. Oʻquv faoliyati kichik yoshdagi 
oʻquvchilarda oʻqishda ma’lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, shuningdek tengdoshlari orasida 
oʻz oʻrniga ega boʻlishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu oʻrin yoki mavqega erishish uchun ham 
bola yaxshi oʻqish uchun harakat qilishi mumkin. Ushbu yoshdangi oʻquvchilar doimiy ravishda oʻzlari 
erishgan muvaffaqiyatini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi 
boʻlish nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida oʻquvchilardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiyki 
ruhshunosikda ehtiyoj hisblanib, bu motiv ularga kuchli hissiy ta`sirni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog`cha 



Yüklə 90,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin