International Conference on Developments in Education
Hosted from Amsterdam, Netherlands
https:
econferencezone.org June 8
th
2022
138
KICHIK MAKTAB OʻQUVCHILARIDA BILISH JARAYONLARINING
OʻSISHI
SH.T.Normo’minov
SamDU, magistr
Annotatsiya
Maqolamizda kichik maktab Yoshi o’quvchilarida bilish jarayonining o’sish xususiyatlari haqida atroflicha
tahliliy ma’lumatlar beril;di. Shuningdek, xotirani rivojlantirishga va shakllantirishga oid mulohazalar qilindi.
Xotiraning rivojlanishida yosh masalasi muhim ko’rsatkich ekanligi dalillar asosida isbotrlanishga harakat
qilindi.
Kalit so’zlar: o’quvchi, kichik yosh, xotira, ruhiy holat, tajriba, ahloq, tartib, muddatli xotira, o’sish.
Kichik maktab yoshi davri 1-4 sinf oʻquvchilarining yosh oralig’ini oʻz ichiga oladi. Albatta, bolaning oʻsishi,
uning ruhiyati va ongining taraqqiyoti, jamiyat a’zosi sifatida voyaga yetishi ayrim qonuniyatlarga asoslanadi.
Mazkur davrda bola ruhiyatida muayyan oʻzgarishlar yuzaga kelishini kuzatish mumkin. Kichik maktab
davrida bolaning birinchi bor maktab ostonasiga qadam qoʻyishi unda oʻquv
faoliyatining boshlanishi
hisoblanadi. Bolani birinchi bor maktab ostonasiga qadam qoʻyishi bilan unda bir qator ruhshunosik
qiyinchiliklar yuzaga kela boshlaydi. Bu davrni bola uchun ta’sirchan, qiziqarli oʻtkazish har tomonlama
yaxshi. Oʻquv faoliyati bolaning bilish jarayonlarining ixtiyoriy va barqaror xususiyatlarini, aql sifatlari va
fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida ruhshunosik qiyinchiliklarining paydo boʻlishiga sabab boʻladi.
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning barcha oʻqish faoliyati qat’iy
ravishda maqsadga
muvofiqlashtiriladi. Avvalo, kichik yoshdagi oʻquvchilar oʻqish, yozish, hisoblash malakasiga ega boʻlishlari,
ona tili, tarix, arifmetika, geografiya,
tabiyatshunoslik fanlaridan, shuningdek geometriya asoslaridan
muayyan hajmda bilimni olishlari lozim. Shu asosda bilim jarayonlarining taraqqiyoti,
aqliy rivojlanishi
yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy rivojlanish uchun qobiliyat tarkib topadi. Shu bilan bir qatorda,
oʻquvchilarning bilim darajasi, qiziqishlari kengayadi, oʻquvchida oʻqishga boʻlgan ma’suliyatli munosabat
tarkib topib boradi.
Ruhiy-axloqiy rivojlanish va xatti-harakatlar qoidalarini oʻzlashtirish jarayoniga kichik maktab yoshidagi
davrda axloqiy xatti-harakat poydevori qoʻyiladi, axloqiy rivojlanish va xatti-harakat qoidalari oʻzlashtiriladi.
Shaxsning ijtimoiy yoʻnalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarninng
axloqiy
onglari 1-sinfdan 4-sinfgacha boʻlgan davr mobaynida muhim oʻzgarishlarga uchraydi. Ushbu yoshning oxirgi
davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va mulohazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan
boʻladi, turli tushunchalarga ega boʻladi, umumlashadi. 1 va 2 sinf oʻquvchilarining axloqiy mulohazalari oʻz
xatti-harakatlari tajribasida va oʻqituvchilar hamda ota-onalarning aniq koʻrsatmalari va tushuntirishlariga
asoslanadi. 3-4 sinf oʻquvchilari esa axloqiy mulohazalarida oʻz xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning
koʻrsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar. 7-8 yoshdagi
oʻquvchilar toʻg’ridan toʻg’ri
kattalarni, jumladan, oʻqituvchining koʻrsatmalarini kutib oʻtirmay, ijobiy
axloqiy ishlarning qanchasini oʻz tashabbuslari bilan amalga oshiradilar.
Kichik maktab yoshdagi oʻquvchilarda namayon boʻladigan xarakter xususiyatlarini, xatti-harakatlarni tahlil
qilar ekanmiz, hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror
va mustahkam xatti-harakat
formalari deb boʻlavermaydi. Kichik yoshdagi oʻquvchilarda xarakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik
maktab yoshidagi oʻquvchilar xarakteri, xatti-harakatlari oʻzining beqarorligi va qarama-qarshiligi bilan farq
qilishi mumkin. Shu munosabat bilan ba’zan ulardagi oʻtkinchi ruhiy holatlarni xato ravishda hislatiga qoʻshib
yuborish mumkin.
Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilishga boʻlgan qiziqish, atrof-olamdagi olamni
bilishga boʻlgan qiziqish koʻproq bilimga boʻlgan tashnalik va intellektual qiziquvchanlik juda sezilarli
ravishda rivojlanadi. Kuzatuvlarga qaraganda, qaraganda dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib
olingan yolg’iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar boʻladi. Undan keyin esa sabablarini,
qonuniyatlarini,
hodisalar oʻrtasidagi aloqa va oʻzaro bog’liqliklarni bilib olish uchun boʻlgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-