Kichik maktab yoshi davrida o’quv faoliyati va o’quv motivlarining shakllanish jarayonlari



Yüklə 230,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix08.08.2023
ölçüsü230,44 Kb.
#138947
  1   2
3073-Article Text-6219-1-10-20220427



Kichik maktab yoshi davrida o’quv faoliyati va o’quv 
motivlarining shakllanish jarayonlari
 
Saodat Sadriddinovna Muxamadova 
Kogon shahridagi 2-maktab 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada
 
bolaning o’sishi, uning psixikasi va ongining 
taraqqiyoti, o’quv faoliyati davomida bolaning bilish jarayonlarining namoyon 
bo’luvchi xususiyatlari, aql sifatlari va fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida 
psixologik qiyinchiliklarning yuzaga kelishi, kichik maktab yoshi davrining 
psixologik o’zgarishlari haqida fikr yuritiladi.
 
Kalit so’zlar: 
Maktab, o’quvchi, diqqat, idrok, taraqqiyot, xulq, axloqiy 
normalar, xarakter. 
The process of formation of educational activities and 
educational motivations in junior school age 
 
Saadat Sadriddinovna Mukhamadova 
Kogon city, School №2 
 
Abstract:
This article focuses on the development of the child's growth, the 
development of his psyche and consciousness, the manifested features of the child's 
cognitive processes during educational activities, the occurrence of psychological 
difficulties in the development of intelligence qualities and thought-provoking 
processes, the psychological changes of the junior school age. 
Keywords:
School, pupil, attention, perception, development, behavior, moral 
norms, character. 
Bolaning o’sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti, jamiyat a’zosi sifatida 
voyaga yetishi muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadi. Kichik maktab yoshi davri 1-4 
sinf o’quvchilarining yosh oralig’ini o’z ichiga oladi. Bu davrda bola psixikasida 
muayyan o’zgarishlar sodir bo’lishini kuzatish mumkin. Bolani birinchi bor maktab 
ostonasiga qadam qo’yishi bilan unda bir qator psixologik qiyinchiliklar yuzaga kela 
boshlaydi. Kichik maktab davrida bolaning birinchi bor maktab ostonasiga qadam 
qo’yishi unda o’quv faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Bu davrni bola uchun 
qiziqarli, ta’sirchan o’tkazish talab etiladi. O’quv faoliyati bolaning bilish 
jarayonlarining ixtiyoriy va barqaror xususiyatlarini, aql sifatlari va fikr yuritish 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
933


jarayonlarining rivojlanishida psixologik qiyinchiliklarning paydo bo’lishiga sabab 
bo’ladi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning barcha o’qish faoliyati qat’iy ravishda 
maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o’quvchilar o’qish, yozish, va 
hisoblash malakasini egallashlari, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va 
tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta hajmda 
bilimni orttirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaning bilim darajasi va bilish qiziqishlari 
kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim jarayonlarining taraqqiyoti, aqliy 
rivojlanishi yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi 
va nihoyat o’qishga bo’lgan yo’nalish, o’qishga nisbatan ma’suliyatli munosabat hissi 
tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilim jarayonlari va 
ularning faoliyatida bir qator o’zgarishlarni kuzatish mumkin: Jumladan, bola 
idrokining o’tkirligi, sofligi bilan farq qiladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar 
diqqatining asosiy xususiyati sifatida esa uning ixtiyoriy zaifligini keltirish mumkin. 
Shuningdek, aynan shu yoshda diqqatni iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish 
imkoniyati cheklangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda xotira 
jarayoni haqida so’z yuritadigan bo’lsak, bu davrda so’z mantiq xotirasining va 
ma’nosiga tushunib esda olib qolishning roli va uning salmog’i kuchayadi, tartibga 
solish imkoniyatlariga bo’ladi. Birinchi signal sistemasi faoliyatining nisbatan 
ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda so’z mantiq xotirasi deb 
atalgan xotiraga qaraganda ko’rgazmali-obrazli xotira ko’proq rivojlangan bo’ladi. 
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda konkret 
ma’lumotlarni, voqeliklarni, qiyofalarni narsalarni va faktlarni yaxshi tez esda olib 
qoladilar va xotiralarida mustahkam saqlaydilar. 
X
ayol bilish faoliyatida esa 
o’quvchining xayoli uning o’quv faoliyatining ta’siri va talablari bilan tarkib topadi. 
SHuning bilan bir qatorda bevosita taassurotlar (muzeylarga sayohat, kartinalarni 
ko’rish, ekskursiyalarga borish, maktab yer uchastkasida ishlash va boshqalar) ham 
xayolni rivojlantiradi. 
Axloqiy normalar va xatti-harakatlar qoidalarini o’zlashtirish jarayoniga kichik 
maktab yoshidagi davrda axloqiy xatti-harakat poydevori qo’yiladi, axloqiy normalar 
va xatti-harakat qoidalari o’zlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiy yo’nalishi tarkib topa 
boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 4-
sinfgacha bo’lgan davr mobaynida muhim o’zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning 
oxirgi davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va mulohazalari sezilarli darajada 
boyiydi, ancha anglangan bo’ladi, turli tushunchalarga ega bo’ladi, umumlashadi. 1 
va 2 sinf o’quvchilarining axloqiy mulohazalari o’z xatti-harakatlari tajribasida va 
o’qituvchilar hamda ota-onalarning konkret ko’rsatmalari va tushuntirishlariga 
asoslanadi. 3-4 sinf o’quvchilari esa axloqiy mulohazalarida o’z xatti-harakatlari 
tajribasiga va kattalarning ko’rsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
934


tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar. 7-8 yoshdagi bolalar to’g’ridan-
to’g’ri kattalarni, jumladan, o’qituvchining ko’rsatmalarini kutib o’tirmay, ijobiy 
axloqiy ishlarning qanchasini o’z tashabbuslari bilan amalga oshiradilar. 
Kichik maktab yoshdagi bolalarda namayon bo’ladigan xarakter xususiyatlarini, 
xatti-harakatlarni tahlil qilar ekanmiz, hamma vaqt ham munosabatlar amalga 
oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat formalari deb bo’lavermaydi. 
Kichik maktab yoshidagi bolalarda xarakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik 
maktab yoshidagi bolalar xarakteri, xatti-harakatlari o’zining beqarorligi va qarama-
qarshiligi bilan farq qilishi mumkin. SHu munosabat bilan ba’zan ulardagi o’tkinchi 
psixik holatlarni xato ravishda xislatiga qo’shib yuborish mumkin. 
Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilishga bo’lgan 
qiziqish, tevarak-atrofdagi olamni bilishga bo’lgan qiziqish ko’proq bilimga bo’lgan 
tashnalik va intellektual qiziquvchanlik juda sezilarli ravishda rivojlanadi. 
Kuzatuvlarga qaraganda, qaraganda dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan 
ajratib olingan yolg’iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar bo’ladi. Undan keyin esa 
sabablarini, qonuniyatlarini, hodisalar o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqliklarni bilib 
olish uchun bo’lgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-2 sinf o’quvchilarini «bu nima?» 
degan savol qiziqtirsa birmuncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun «nima sababdan», 
«qanday qilib?» degan savollar tashkil bo’lib qoladi. O’qish malakasining rivojlanishi 
bilan kitob o’qishga, qiziqarli bo’lgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni o’qishga, 
bundan ham so’ngroq qiyin bo’lmagan ilmiy fantastik va sarguzashtlar haqidagi 
kitoblarni o’qishga qiziqish paydo bo’ladi. Texnikaga, ayniqsa, hozirgi zamon 
texnikasiga, raketalarga, eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga bo’lgan 
qiziqish tez tarkib topadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati 
kattadir. Biroq shuni ta’kidlab o’tish lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda 
ijtimoiy jihatdan qimmatli xislatlarini tarbiyalayvermaydi. Mehnat o’z shaxsiy 
manfaati uchun bajonudil va ko’p mehnat qilishga bo’lgan xudbinni ham 
tarbiyalaydi. Bolalar o’z-o’ziga xizmat qilish va o’zlari uchun foydali bo’lgan 
narsalarni tayyorlash bilan shug’ullanayotganlarida ularda mehnatsevarlikni 
tarbiyalashga xususan zo’r e’tibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi 
o’quvchilarni sekin-asta ko’pchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun bo’lgan 
ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish juda muhimdir. O’quv faoliyati kichik maktab 
yoshidagi o’quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, 
balki, shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, yetakchi bo’lgan o’quv faoliyatidan tashqari 
boshqa faoliyatlar-o’yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o’quvchi shaxsi rivojiga 
bevosita ta’sir ko’rsatadi. SHuningdek, bu faoliyatlar asosida muvafaqqiyatga 
erishish motivlari bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
935


O’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o’qishda ma’lum yutuqlarga 
erishish extiyojini qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida o’z o’rniga ega 
bo’lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o’rin yoki mavqega erishish uchun 
ham bola yaxshi o’qish uchun harakat qilishi mumkin. Bu yoshdangi bolalar doimiy 
ravishda o’zlari erishgan muvaffaqqiyatini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati bilan 
solishtiradilar.Ular uchun doimo birinchi bo’lish nihoyatda muhim. 
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bu yoshdagi bolalarda mavjud bo’lgan 
ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi 
xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. 
Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini 
belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarning yuzaga kelish va mustahkamlanish 
davri deb hisoblash mumkin. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil 
bajaradigan ishlarni ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda 
muhimdir. SHuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish lozimki, unda 
bolaga biron bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish 
jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his 
qilishiga imkon yaratib berish lozimdir. Ana shu his bolada keyinchalik mustaqil 
bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltirishda asosiy rol o’ynashi mumkin. 

Yüklə 230,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin