Harakatli o‘yinlar va o‘yin mashqlari Yurish va yugurishga oid o‘yinlar: “Qo‘g‘irchoqlarnikiga mehmonga”, “Yo‘lakchadan”, “Kim sekin”, “Tayoqchadan hatlab o‘t”, “Meni quvib yeting”, “Chumchuqchalar va avtomobil”, “Poezd”, “Samolyotlar”, “Pufak”, “Quyosh va yomg‘ir”, “Buyumni olib kel”, “Qushlar uchmoqda”.
Emaklab o‘ynaladigan o‘yinlar: “Shaqildoqqacha emaklab bor”, “Darvozaga tushir”, “Chiziqni bosma”, “Ehtiyot bo‘l “, “Maymunchalar”.
To‘pni otish va ilib olish o‘yinlari: “To‘pni o‘rtaga tashla”, “To‘pni ilib ol”, “Darvozachaga tushir”, “To‘g‘ri mo‘ljal ol”.
Sakrab o‘ynaydigan o‘yinlar: “Mening quvnoq koptogim”, “Oq quyoncha o‘tiribdi”, “Qushchalar uchmoqdalar”, “Ariqchadan hatlab o‘t”.
Ochiq joyda mo‘ljal olish o‘yinlari: “Qayerda chalinayapti”, “Bayroqchani top”
Turli harakat va qo‘shiq bilan o‘ynaladigan o‘yinlar: bir-biriga halaqit bermasdan yurish va yugurish; ikki oyoqlab joyida sakrash va oldinga siljib sakrash, to‘pni olish, ushlab turish, bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tkazish, joyiga solib qo‘yish, dumalatish, irg‘itib, emaklash, tortilgan arqoncha tagidan emaklab o‘tish, yerda yotgan xodacha ustidan o‘tish.
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish. Ertalabki badantarbiya. Har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni namunaga muvofiq bajarish. Badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko‘magida).
Chiniqtirish.Yozda ochiq havoda iloji boricha ko‘proq bo‘lish. Kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv havzasida (basseynda) cho‘milish (gigiena talablariga amal qilgan holda).
Qomatni to‘g‘ri tutish. Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To‘g‘ri qomatni shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon beradigan mushaklar guruhini shakllantirish. Harakatlantiruvchi tartib.Har kungi sayrlarda ishtirok etish. Harakatli o‘yinlarda o‘yinchoqlar va jismoniy mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etishga harakat qilish.