Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Qo‘l muskullari uchun. Qo‘llarni yuqoriga va yonga uzatish. Bukish va cho‘zish, qo‘llarni orqaga yashirish, chapak chalish bosh ustida chapak chalish (predmetlar bilan).
Oyoqlar uchun. Turgan joyida yurish, oldinga, orqaga yon tomonga qadam tashlash, bir oyoqda turgan holda ikkinchi oyoqni bukish va yozish, o‘tirib turish, oyoq uchida ko‘tarilish tovon bilan turish. Oyoq barmoqlarini qimirlatish, yotgan holda oyoqlarni velosiped qildirish.
Gavda mashqlari.O‘ng va chapga burilish, oldinga va yon tomonda engashish, tizzalab o‘tirish, tovonda o‘tirish va turish, qorin bilan yotgan holda qo‘llarni uzatish va oyoqlarni ko‘tarish yon boshdan yonboshga ag‘darilish.
Saflanish va qayta saflanish. Doira bo‘lib saflanish, ketma-ket saflanish, bir-birini ketidan turish.
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish. Ertalabki badantarbiya.Bolalarni ertalabki badantarbiya vaqtida 4-5 daqiqa davomida o‘yin xarakteridagi mashqlarni bajarishga odatlantirish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachiga taqlid qilib birgalikda harakat qilish ko‘nikmasini o‘stirish, harakatli o‘yinlarda ishtirok etishga hamda o‘yin topshiriqlarini bajarishga o‘rgatib borish nazarda tutiladi.
badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish;
ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko‘magida). Ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish;
Chiniqtirish.Bunda havo, quyosh, suvdan foydalangan holda chiniqtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Quyoshda chiniqtirish asosan ertalabki sayr vaqtida bolalarning turli faoliyatlari jarayonida amalga oshiriladi. Quyoshda dastlab kun davomida 5 daqiqadan to 10 daqiqagacha bo‘lishlari, so‘ng, asta sekin 40-50 daqiqagacha ko‘paytirishlari mumkin.
Bolalarni yuz qo‘llarini mustaqil yuvishga odatlantirish, suvni sachratmaslik, sovundan to‘g‘ri foydalanish, badanini xo‘l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda iloji boricha ko‘proq bo‘lish, cho‘milishga, dushdan foydalanishga o‘rgatish. Ochiq suv havzasida (basseynda) cho‘milish (gigiena talablariga amal qilgan holda). Cho‘milish davomiyligi 3-6 daqiqa. Cho‘milish ertalabki sayrdan so‘ng tushlikdan oldin o‘tkaziladi.