Kichik, o’rta va katta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlarga o’rgatish. Estafetali harakatli o’yinlarni o’tkazish. Reja: Kirish



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə8/9
tarix18.04.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#99959
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kichik, o’rta va katta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlarga o’rgatish.Estafetali harakatli o’yinlarni o’tkazish.

Qomatni to‘g‘ri tutish. Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To‘g‘ri qomatni shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon beradigan mushaklar guruhini shakllantirish. Mashg‘ulotlarda, bir oz oldinga engashib, to‘g‘ri o‘tirish, boshni haddan tashqari quyi solmaslik, ko‘krak bilan stol chetlariga suyanmaslik, oyoqlarni to‘g‘ri yoki o‘tmas burchak ostida bukib o‘tirish.
Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda ishtirok etish. Harakatli o‘yinlarda o‘yinchoqlar va jismoniy mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etish.


Harakatli o‘yinlar.
Yurish va yugurishga oid o‘yinlar. “Qo‘g‘irchoq-larnikiga mehmonga”, “Yo‘lakchadan, tayoqchadan hatlab o‘t”, “Meni quvib yeting”, “Chumchuqlar va avtomobil”, “Buyumni olib kel”, “Qushlar uchmoqda” kabilar.
Emaklab o‘ynaladigan o‘yinlar. “Shaqildoqqacha emaklab bor”, “Maymunchalar”, “Darvozaga tushir”.
Irg‘itish va ilib olish. “To‘pni ilib ol darvozaga kirgiz”, “Savatchaga tashla, menga irg‘it” kabilar.
Sakrab o‘ynaladigan o‘yinlar. “Mening sho‘x koptogim”, “Oq quyonim”, “Ariqchadan sakrab o‘t” kabilar.


O‘rta guruhlarda jismoniy tarbiyaning mazmuni
Bolalarni jismoniy harakat turlari bilan tanishtirish, ularni faol bo‘lishga undash hamda turli o‘yin va mashqlarga qiziqish uyg‘otish nazarda tutiladi. Mashg‘ulot vaqtida bolalarni qo‘l va oyoq harakatlarini mashqqa muvofiq ravishda oyoqni sudramay, boshni egmay yengil yurishga odatlantirish. Narvonga tirmashib chiqish, to‘pni panjalar yordamida ushlab olish shuningdek, turli usullar yordamida to‘p uloqtirishda boshlang‘ich holatni to‘g‘ri egallash, velosiped uchish malakasini tarkib toptirish, turli tartibda saflanib yura olish, fazoda chamalashni o‘rgatish hamda muvozanat saqlashga o‘rgatib borish.
Ertalabki badantarbiya. Badantarbiya vaqtida yurish, yugurish, sakrash qo‘l-oyoq mashqlarini faol egallashga, gavda holatini tikka tutishga erishish. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish. O‘yinlarni bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda tashkil etishlariga imkoniyat yaratish. Bolalarda velosiped, chanada uchish, to‘p, halqa va boshqa narsalar yordamida bajariladigan harakat malakalarini takomillashtirish. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida birgalikda dam olish daqiqalaridagi o‘yinlarga erkin qo‘shilishlariga odatlantirish.


Xulosa
Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy rivojlantirish bo‘yicha kun tartibini tuzishda ovqatlanish, chiniqtirish, jismoniy mashq va o‘yinlarni tashkil etishda differentsial yondashishga amal qilinadi. Bunda bolalarning o‘ziga xos yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Tarbiyachi jismoniy rivojlantirishda maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya dasturi talablariga asoslanadi. Shu bilan birga tarbiyachi, shifokor, hamshira bilan kelishilgan holda oilada bolalarni jismoniy tomondan to‘g‘ri tarbiyalash targ‘ib qilinadi. Tarbiyachi ertalabki badantarbiya, jismoniy mashg‘ulotlari, o‘yinlar, salomatlik kunini tashkil qilish usullarini mukammal bilishi shart. Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarda guruh tarbiyachisi va musiqa rahbari bilan hamkorligi muhim a hamiyat kasb yetadi.
Bolalarning jismoniy tayyorgarligini tekshirish, mashg‘ulotlarni tashkil qilishda tozalik, gigiena talablariga va xavfsizlik qoidalariga jiddiy rioya qilinadi. Mashg‘ulotlar ochiq havoda, shu bilan birga maxsus jihozlangan sport zalida o‘tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda o‘tkaziladigan jismoniy mashg‘ulotlar bolalarning o‘sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi.

Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin