Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə11/12
tarix03.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#172176
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
газларни тозалаш

Trubali elektrofiltrlar. Chang va tutun gazlari qurilmaning pastki qismi bo`lmish elektrodlar mahkamlangan teshikli panjara (6) tagiga uzatiladi va trubali elektrod (anod)lar ichiga taqsimlanadi (3.36-rasm).
Trubali elektrodlar ichiga "toj" hosil qiluvchi elektrodlar-katodlar o`rnatilgan. Elektrodlar izolyatorga tayanib turuvchi umumiy romda mahkamlanadi. Elektr maydoni ta’sirida gaz tarkibidagi zarrachalar cho`kadi. Anodga cho`kib, qatlam hosil qilgan zarrachalar vaqti-vaqti bilan silkitib turiladi va qurilmaning pastki qismidagi konussimon tubda yig`iladi. Yig`ilgan chang zarrachalardan iborat cho`kma pastki shtusterdan to`kiladi, tozalangan gaz esa - filtrning tepa qismidagi shtusterdan atrof muhitga chiqarib yuboriladi.
Hozirgi kunda, bir nechta ketma - ket ulangan sekstiyalardan gaz o`tadigan sekstiyali elektrofiltrlar yaratilgan.
Odatda, trubalar diametri 150...300 mm va uzunligi 3...4 m qilib yasaladi. Trubalar ichida tortilgan simlar diametri 1,5...2,0 mm.
Gazlarning tozalanish darajasi 99%, ayrim hollarda 99,9% ni tashkil etadi.
Plastinali elektrofiltrlarda anod vazifasini plastinalar, katodni esa - plastinalar orasiga tortilgan simlar bajaradi. Elektrofiltrlarda gazlarni tozalanish darajasi, changlarning elektr o`tkazuvchanligiga bog`liq.
Agar, zarrachalar elektr tokini yaxshi o`tkazsa, unda zarrachalar zaryadini bir zumda beradi va elektron zaryadini egallaydi. Bunda, bir-biridan qochish Kulon kuchi hosil bo`lib, filtrdan gaz bilan zarrachalar uchib ketishga olib keladi va tozalanish darajasini kamayadi.
Agar, zarrachalar elektr tokini yomon o`tkazsa, unda elektrodda manfiy zaryadlangan zarrachalardan iborat zich qatlam hosil bo`lib, asosiy elektr maydonga qarshi ta’sir qiladi.
Gaz tarkibidagi zarrachalar konstentrastiyasi yuqori bo`lganda ham, gazning tozalanish darajasi past bo`ladi. Chunki, ionlarning zarrachalarda cho`kishi, olib o`tilgan zaryadlar sonini kamayishiga sababchi bo`ladi. Demak, tok kuchi ham pasayadi.
Gaz tarkibidagi zarrachalar konstentrastiyasini pasaytirish uchun elektrofiltrdan oldin qo`shimcha gaz filtrlar o`rnatiladi.
Plastinali elektrofiltr elektrodlariga cho`kgan changlar trubali filtrnikidan osonroq tozalanadi va sim uzunligi birligiga kamroq energiya ishlatadi. Undan tashqari, bu filtrlar ixcham, kam metall sarflaydi va yig`ilishi oson.
Agar, elektrodlar soni va qurilmaning ko`ndalang kesimi ma’lum bo`lsa, elektrofiltrlarni hisoblash uning "tojli" elektrodining uzunligini aniqlashdan iborat bo`ladi.
Elektrofiltrdagi tok miqdori I = iL ga teng bo`lib, bu erda i - tok zichligi; L - elektrod uzunligi.
Quyida keltirilgan tenglamadan potenstialning kritik gradienti topiladi:


(3.74)

bu erda: - bosim 0,1 MPa da ushbu sharoitdagi havo zichligining 25°S temperaturadagi zichligiga nisbati.


Agar, elektrodlar orasidagi masofani bilsak, elektrodlardagi potenstiallar farqini topish mumkin.


Gazlarni tozalanish darajasi ushbu umumiy formula yordamida aniqlanishi mumkin:


(3.75)

bu erda: x1 va x2 - elektrofiltrlarga kirayotgan va undan chiqayotgan gazlarda qattiq zarrachalar konstentrastiyasi, kg/m3; w - elektrod yuzasiga qarab harakat qilayotgan zaryadlangan zarracha tezligi, m/s; f - solishtirma cho`kish yuzasi, m2/(m3/c).


Trubali elektrofiltrlar uchun:


(3.76)
Plastinali elektrofiltrlar uchun:
(3.77)

bu erda: l - truba yoki plastina uzunligi, m; r - cho`ktirish elektrodi trubasining radiusi, m; h – cho`ktiruvchi va «tojli» elektrodlar orasidagi masofa, m; w - elektrofiltrlarda gazning tezligi, m/c.





Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin