Javob qabul qilinadi – 1 ball. Belgilangan ketma-ketlikda ikkita to‘g‘ri javob: Yo‘q, Ha. Javob qabul qilinmaydi. Boshqa javoblar.
Javob yo‘q.
Kompetensiya: ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash
Mazmuni:Yer va fazo sistemalari
Kontekst: global
XULOSA
Bugungi rivojlangan davrga yetib kelguncha insoniyat asta-sekin rivojlanib kelgan. Bu rivojlanish jarayonida boshqa sohalar kabi kimyo ham o‘z mavqeiga ega hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib esa ko‘plab boshqa sohalar uchun yetakchi fan sifatida o‘z o‘rniga ega hisoblanadi. Bu fanni yanada takomillashtirish va rivojlantirish zarur. Buning uchun esa maktab ta’limidan boshlab o‘quvchilarni yuqori saviyada o‘qitish zarur bo‘ladi. O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari va fikrlash doirasi maktab darslaridagi interfaol usullar orqali shakllanishi va takomillanishi aniqlandi. Bu usullar kimyo fanlarini o‘rganishda ham o‘quvchilarga katta yordam beradi. Chunki ayni usul va metodlar orqali o‘quvchilarning bilim olish salohiyatlari ortadi va fikrlash qobiliyati rivojlanadi, hamda berilgan yangiliklarni osonlik bilan topadi. Birbirlari bilan oson almashadi. Bu esa fanni o‘rganish jarayonini yanada mustahkamlaydi.
O‘quvchilarning individual, ya’ni alohida ishlashlari esa o‘z ustida ko‘plab mehnat qilishlarini taqozo etadi. Bu esa kimyo fanini tezroq va samarali o‘rganishlari uchun zamin tayyorlaydi.
Oʻquvchilarning shaxs sifatida yoki guruh boʻlib fikrlashini kuzatish va baholash uchun maktablar qulay joydir. Sinfdagi ijodiy marralar va ilgarilash deb, ijodiy ifodaning shakllari
(yaʼni, ichki dunyosi va kechinmalarini yozish, chizish, musiqa yoki boshqa sanʼat usullari orqali ifodalash) bilimni orttirish (yaʼni, guruh uchun yangi boʻlmish bilimni yaratish) yoki muammoni yechishga ijodiy yondashishga aytiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar timssandpirls.bc.edu – TIMSS va PIRLS xalqaro baholash dasturlari sayti
oecd.org/pisa/ - PISA xalqaro baholash dasturi sayti
uzedu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rasmiy veb-sayti 5.centeroko.ru – Ta’lim sifatini baholash markazi (Центр оценки качества образования, Россия )
Г.С. Ковалева, Э.А. Красновский, Л.П. Краснокутская, К.А. Краснянская Результаты международного сравнительного исследования PISA в России