5-mavzu. Ajratish va konsentrlashning fizikaviy metodlari
Jarayonning fizik mohiyati bo‘yicha fizik metodlarining klassifikatsiyasi. Oddiy qayta haydash, rektifikatsiya, molekular distillyatsiya, sublimatsiya, kristallizatsiya moddani ajratish metodlari. Konsentrlashning fizik metodlari xarakteristikalari va ularni amaliyotda qo‘llashga misollar.
6-mavzu. Ajratish va konsentrlashning elektrokimyoviy metodlari
Elektrokimyoviy ajratish va konsentrlash metodlarining mohiyati, o‘ziga xosligi va ishlatilish sohasi. Elektrokimyoviy ajratish va konsentrlash metodlarining klassifikatsiyalari, elektroliz, sementatsiya, elektroforez, elektroosmos va hok. Elektrocho‘ktirish inversion voltamperometriyaning bir qismi sifatida. Elektroliz, elementlarni simobli va qattiq elektrodlarda ajratish. Potensiali nazorat qilinadigan elektroliz. Elektrodlardagi cho‘kmalarning turlari. Inversion voltamperometriya va uning turlari.
Dostları ilə paylaş: |