Kimyo fakulteti noorganik vanalitik kimyo kafedrasi


-rasm. Elyuerlash egrilarining chiziqli, qavariq va botiq izotermalari aralashmasi uchun asosiy turlari (1 va 2-aralashmalar kompanenti)



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə32/98
tarix10.05.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#57233
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98
kimyoviy ajratish Lotincha (2) yangisi lotincha

2-rasm. Elyuerlash egrilarining chiziqli, qavariq va botiq izotermalari aralashmasi uchun asosiy turlari (1 va 2-aralashmalar kompanenti).

Aktivlangan ko‘mirdagi sorbsiya

Mikrokompanentlarni konsentrlash uchun aktivlangan kumirdan keng foydalaniladi. Ko‘mirning sirti gomopolyardir, shuning uchun ularda adsorbsiya dispers kuchlar yordamida aniqlanadi. Ularda geteropolyar sorbentlardan farqli o‘laroq juda kichik masofalarda ta’sirlashadi(silikagel, alumogel, seolitlar) sorbsiyaning sababi elektrostatik kuchlardir.

Shuning uchun aktiv ko‘mirlarning effektivligi mikropor radiuslari 1 nm dan kichik bo‘lgan strukturalariga bog‘liq. Lepin L.K ning bu sohadagi ishlari bo‘yicha aktivlangan ko‘mir sirtida uch tur oksidlar bo‘ladi.(Lepin L.K-Uspexi Ximii 1940, t,9, №5, S.533).

Oddiy xona haroratida asosan aktivlangan ko‘mir sirti (2) oksid bilan qoplpngpn, uni yuqori temperaturalarda qizdirilganda sirtida oksid (3) hosil bo‘ladi. Kislotali (3) va asosli (1) (2) oksidlar aktivlangan ko‘mirning amfotkr harakterga ega ekanligini ko‘rsatadi, kislota va asoslarni yutganda tarkibning (oksidning) har hilligi sababli sirtida fizikaviy adsorbsiya kationalmashinish va anionalmashinish jarayoni amalga oshishi mumkin.

Ayniqsa sellektiv polifunksional kationalmashtirgich bo‘lgan oksidlangan, aktivlangan ko‘mirlar muhim o‘rin tutadi, ikkinchidan sintetik kationitlardan farqli o‘laroq ularni olish va regeneratsiyalash osonkimyoviy, termik, va radiatsion ta’sirlaga chidamli.

Ogloblina ( Stepin B.D., Gorshteyn I.T., Blyum G.Z. i dr. V kn; Metodq polucheniya osobochistыx v organichiskix veshestv, L,Ximiya, 1969, s, 127-229,) Oddiy va oksidlangan, aktivlangan ko‘mirlarda sirtining tuzilish sxemasini va ion almashinishini 3-rasm keltirgan.







3-Rasm. Oddiy va oksidlangan aktivlangan ko‘mir sirtidagi jarayonlar.

Tarkovskaya va boshqal ar oksidlangan aktivlangan ishqor eritmalaridan , ishqoriy metallar va ammoniy tuzlaridan va boshqa birikmalardan Ca, Ba, va Sr mikrokompanentlarini konsentrladilar. So‘ngra ko‘mirni yuvib mikrokompanentlarni mineral kislotalar eritmalari yordamida desorbsiyaladilar, hosil bo‘lgan eritmani tegishli aniqlash metodi yordamida aniqlaganlar, hususiy holda fotometrik metod yordamida.

Aktivlangan ko‘mirning sorbsion xossalarini kompleks hosil qiluvchi moddalar qo‘shish bilan yaxshilash mumkin, ularni shunday tanlanadiki, bunda makrokompanentning adsorbsiyasi juda kam mikrokompanentning kompleksining sorbsiyasiga nisbatan bo‘lishi kerak. Kompleks birikmalarni konsentrlash va ajratishning effektivligi ularning barqarorlik konstantasi bilan, ligandlarning tuzilishi va komplekslar zaryadi bilan aniqlanadi. Uni analiz qilinadigan eritmaga yoki bevosita aktivlangan ko‘mirga kompleks hosil qiluvchi agent qo‘shish bilan effektivligi oshiriladi. Masalan Yakvert kumush metalli va talliy nitrati tarkibidagi Bi, Co, Cu, Fe, Zn va Pb mikromiqdorlarini atom-absorbsion aniqlash metodikasini taklif etgan. Bunda bu mikroelementlar ksinol zarg‘aldog‘i bilan barqaror helatlari xosil qilingan va filtrgao‘rnatilgan aktivlangan ko‘mir qavati adsorbilangan. Kiritilgan konsentrat nitrat kislota bilan ishlov berilgan va sentrifuga qilingandan keyingi eritma asetilen havo aralashmasi alangasiga kiritilgan. Bunday ishlarni ko‘plab keltirish mumkin. Masalan Belgiyalik kimyogarlar Ag, Co, Cr, Cu, Hf, Fe, Al, Nb, Bi, Mn, Ni, Pb, Re, Sc, Tl, Zn, Zr, Ti, V, Zn, Mo, Pd, Hg, Ta, Sn va siyrak yer elementlarini konsentrlashda (ularni 8-oksi-xinolyatlarga aylantirgandan so‘ng aktivlangan ko‘mirdan foydalanganlar. Bunda konsentrlash koeffitsienti 104 darajagacha yetgan, aniqlash rentgenfluoressent analiz orqali amalga oshiriladi.




Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin