Kimyo” kafedrasi “Himoyaga tavsiya etildi”



Yüklə 303,5 Kb.
səhifə2/8
tarix19.12.2022
ölçüsü303,5 Kb.
#76393
1   2   3   4   5   6   7   8
Kimyo kafedrasi Himoyaga tavsiya etildi (1)

Ishning maqsadi. Mazkur kurs ishidan ko‘zda tutilgan maqsad - «Oltingugurt (IV) birikmalari. Oltingugurt (IV) oksid va sulfit kislota» mavzusi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashni takomilllashtirishdan iborat.
Ishning vazifalari. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni bajarish uchun belgilab oldik:
- Oltingugurt birikmalariga oid ilmiy va o’quv adabiyotlari tahlilini amalga oshirish;
- Oltingugurt (IV) birikmalari o`rganish;
- Oltingugurt (IV) oksid va sulfit kislota haqidagi ma’lumotlarni o’rganish.
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati: Oltingugurt qadimdan ma'lum element. Oltingugurtning yer kobigidagi og'irlik miqdori 0.05 % ni tashkil etadi. Oltingugurt tabiatda erkin (tugma oltingugurt) xolida va birikmalar (sulfidlar va sulfatlar) holida uchraydi. Eng muhim sulfid rudalar (ularning ko`rinishlariga qarab) kolchedanlar va metall yaltiroqlar nomi bilan yuritiladi. Bular qatoriga temir kolchedani FeS2, (buni pirit va oltingugurt kolchedani deb ham yuritiladi.)
Oltingugurt (Sulfur), S - Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Oltingugurtning eng muhim tabiiy birikmalari metall sulfidlari, mas, FeS2 - temir kolchedan (pirit), ZnS - aldama pyx, PbS- qo`rg`oshin yaltirogʻi yoki glenit, Cu2S - mis yaltirog`i va h.k.
Oltingugurt sulfatlar holida (angidrit CaSO4 gips CaSO4*2H2O, og`ir shpat BaSO4, glauber tuzi va q.k.) ham uchraydi. Bundan tashqari, Oltingugurt ko`mir, slanets, neft, tabiiy gazlar, hayvon va o`simlik organizmlarida organik va anorganik birikmalar xrlida mavjud. Mas, oqsilda 0,8-2,4% oltingugurt bor. Tug`ma oltingugurt Meksika, AQSH, Italiya, Yaponiya, MDH mamlakatlarida bir necha allotropik ko`rinishlarda uchraydi. Ulardan muhimlari romb va monoklin singoniyali oltingugurtdir.
Oltingugurt metalloidlar jumlasiga kiradi. U inert gazlar, azot, yod, platina, oltina&n tashqari deyarli barcha elementlar bilan birikadi. Kislorodda 250°da, qavoda 360° da alangalanadi. Oltingugurt birikmalarda —2, +4 va +6 valentli. Ishqoriy metallar, mis, kumush va simob bilan xona temperaturasida, qizdirilganda faqat metallar bilan emas, balki metallmaslar bilan ham reaksiyaga kirishadi. Mas, ftor bilan SF6, kislorod bilan SO2 hosil qiladi. Uning vodorodli birikmasi - vodorod sulfid H2S 350°da oltingugurt ustidan vodorod o`tkazib, shuningdek, SO2 ni qaytarib, H2S ni oksidlab hosil qilinadi.
Oltingugurtning juda ko`p birikmalari ma`lum. Oltingugurt konlardan (tug`ma Oltingugurt holida) qazib olinadi. Sho`rtang gaz kompleksida shu usulda guvalasimon (komovaya) oltingugurt olinadi. Oltingugurtning 50%ga yaqini sulfat kislota, 25% ga yaqini sulfat sellyuloza, qolgan qismi rezina sanoatiga, sun`iy tola, portlovchi moddalar ishlab chiqarishga, organik sintez va tibbiyot ehtiyojlariga sarflanadi.

Yüklə 303,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin