Kimyo” kafedrasi “Himoyaga tavsiya etildi”


Kurs ishning tarkibi va hajmi



Yüklə 303,5 Kb.
səhifə3/8
tarix19.12.2022
ölçüsü303,5 Kb.
#76393
1   2   3   4   5   6   7   8
Kimyo kafedrasi Himoyaga tavsiya etildi (1)

Kurs ishning tarkibi va hajmi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat bo’lib, umumiy hajmi 23 betni tashkil qiladi.


  1. Oltingugurt, uning birikmalari

XIX asrning oxirlarigacha ham odamlar xonalarni dezinfeksiya qilish uchun oltingugurtning shunday qumoqlarini tutatib yoqishar edi. Oltingugurt yonish jarayonida zangori va shitirlab ovoz chiqaruvchi olov hosil bo‘ladi. Bu jarayonda oltingugurt havodagi kislorod bilan birika boshlaydi va oltingugurt dioksidi (SO2) hosil qiladi.
Oltingugurt dioksidi nomidan ham ma'lumki, bitta oltingugurt atomi va ikkita kislorod atomidan iborat bo‘ladi. U keskin o‘tkir hidli, bo‘g‘uvchi gaz bo‘ladi. Xonani dezinfeksiya qilish uchun oltingugurt qumoqlari tutatilganda, xonani albatta oltingugurt dioksidining mazkur o‘tkir noxush hidi qamrab olardi va u odamlarga juda yomon ta'sir qilardi. Lekin, o‘sha zamonlarda odamlar shunga chidashga majbur edilar. Chunki, ulardan kasallar yotgan xonani zararsizlantirish uchun boshqa samaraliroq usul bo‘lmagan. Oltingugurt dioksidi qanchalik sassiq bo‘lmasin, lekin, sof holdagi oltingugurt o‘zi hidga ega emas.
Oltingugurt dioksidi odatda oltingugurt yonganda, yoki eriganda hosil bo‘ladi. Oltingugurtni har doim ham odamlar o‘zi ataylab yoqishmaydi. Yuqorida, Yer qa'rida oltingugurt miqdori anchagina ko‘p ekanini eslab o‘tgandik. o‘sha chuqur yer qatlamlarida to‘planib qolgan oltingugurt konlari yaqinida Yer mantiyasining tektonik faolligi yuzaga kelsa, ya'ni, vulqonlarning ildiziga yaqin joylarda katta oltingugurt miqdorlari mavjud bo‘lsa, vulqon faolligi yuzaga kelgan paytlarda oltingugurt dioksidi yer qa'ridan ham atmosferaga ko‘tarila boshlaydi. Masalan, Sitsiliya orolidagi vulqonlar yaqinida oltingugurt dioksidining o‘tkir hidini darhol payqash mumkin.
Oltingugurt dioksididan tashqari oltingugurtning yana boshqa ko‘plab birikmalari mavjudki, ular ham hidining xushbo‘yligi bilan maqtana olmaydi. Oltingugurtning deyarli barcha birikmalari qandaydir sassiq, qo‘lansa hidga ega bo‘ladi, yoki, umuman hidsiz bo‘ladi. Ko‘pchilikka yoqmaydigan sarimsoqpiyozning hidi, yoki, oddiy piyozning hidi ham, uning tarkibidagi oltingugurt moddasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, xantal va rediskaning hidi ham undagi oltingugurt moddasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘lansa hidli va tarkibida oltingugurt tutadigan moddalar umumiy tarzda merkaptanlar deyiladi. Birinchi jahon urushi paytida tomonlar bir-biriga nisbatan qo‘llagan eng zaharli gazlardan biri xantal gazi deb atalgan. Aslida-ku, bu gaz ham emas, balki uchuvchan suyuqlik bo‘lib, hidi sarimsoqpiyozning o‘ta qo‘lansa hidiga o‘xshash bo‘lgan.
Oltingugurt hayot uchun g‘oyat zarur bo‘lgan vitaminlar tarkibida, shuningdek, penitsillinda, sulfanilamid preparatlarida, hamda, maishiy turmushda ishlatiladigan bo‘yoq moddalar tarkibida bo‘ladi. Shuningdek, barcha turdagi tirik to‘qimalarda albatta oltingugurt birikmalari mavjud bo‘ladi.
Terida, soch tolalarida va qushlarning patida oltingugurt birikmalari ko‘p bo‘ladi. Siz so‘yilgan tovuq, o‘rdak, yoki g‘oz patini kuydirib tozalash jarayonini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha kuydirish jarayonida atrofga tarqaladigan hid aynan patlardagi oltingugurt birikmalaridan taraladi. Soch kuyganda ham shunga o‘xshash hid chiqadi va u hid ham sochdagi oltingugurt birikmalari tufayli yuzaga keladi.
Tuxum ham tarkiban oltingugurt va uning birikmalariga boy bo‘ladi. Tuxum eskirgani sari undagi mazkur oltingugurt birikmalari nisbatan sodda molekulalarga parchalandi. Shu jarayonda, tarkibi bir atom oltingugurt va ikki atom vodoroddan iborat serovodorod moddasi hosil bo‘ladi. Serovodorod - aynigan tuxumga shunday qo‘lansa hid beradigan birikmadir. Ya'ni, palag‘da bo‘lgan tuxumning hidi aynan serovodorod tufayli yuzaga keladi.
Hidi o‘ra qo‘lansa va chidab bo‘lmas darajada sassiq bo‘lishiga qaramay, serovodorod birmuncha foydali kimyoviy modda sanaladi. U bilan ishlashda oson bo‘lishi uchun kimyogarlar serovodorodni suvda eritishadi.
Suvda erigan serovodorod boshqa ko‘plab atomlar bilan birikishi mumkin va bunday birikish jarayonidan sulfidlar deb ataluvchi alohida turkum kimyoviy moddalar hosil bo‘ladi. Sulfidlarning turli xillari mavjud bo‘lib, ularning o‘zini tutishi ham turli-tumandir. Ulardan ayrimlari oddiy suvda ham erishi mumkin; boshqalarini eritish uchun esa kuchli yoki kuchsiz kislotalar zarur bo‘ladi. Kimyogarlar notanish muayyan moddaning nimadan tarkib topganini aniqlash uchun, unga serovodorod bilan ta'sir ko‘rsatib ko‘rishadi. Bunda, serovodorod bilan ta'sir ko‘rsatilgach Sulfidlarning o‘zini qanday tutishini kuzatiladi. Bu kimyoviy tahlil usullari ichida keng tarqalgan usullardan biri sanaladi.
Tabiiy gaz quvurlari orqali xonadonlarimizga yetib keladigan metan gazi - CH4 aslida hidsiz gaz bo‘ladi. Shu sababli, sof metanni qanday konsentratsiyada bo‘lmasin, odam burni seza olmaydi. Agar sof metan xonada yig‘ilib qolsa, arzimagan uchqundan ham birdaniga alanga oladi va katta yong‘in, yoki, portlash kelib chiqishi mumkin. Shunday falokat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida, tabiiy gazni aholiga yetkazib berishdan avval unga ataylab oltingugurt birikmalari, ya'ni, merkaptanlar qo‘shiladi. Merkaptan qo‘shilgan gaz hidini esa, u sizib chiqishni boshlagan zahotiyoq sezish mumkin.
Oltingugurt insonga naf keltiradigan sohalardan yana biri - rezina ishlab chiqarish sohasidir. Qisqa qilib aytganda, oltingugurt bo‘lmasa, rezina ishlab chiqarishning ham imkoni yo‘q.
Rezina qatlami qo‘llash orqali kiyim-boshni suv o‘tkazmaydigan qilish g‘oyasini ilk bora amaliy sinab ko‘rgan shaxs - Shotlandiyalik chevar Charlz Makintosh bo‘ladi. Hozirgi kunda ham, yomg‘ir o‘tkazmaydigan plash kiyimlarini makintosh deyiladi. Suv o‘tkazmaydigan va shu sababli, kuchli yomg‘irda ham bemalol kiyib yurish mumkin bo‘lgan dastlabki kiyimlar unchalik ham qulay bo‘lmagan. Chunki, issiq haroratda kiyim ustidagi rezina qoplamasi yopishqoq bo‘lib qolardi va asabga tegardi. Sovuq haroratda esa rezinali kiyim qattiq bo‘lib, dag‘al va qo‘pol buyumga aylanardi.
1839-yilda AQSHlik Charlz Gudir tasodifan, oltingugurt va rezina aralashmasini qizib turgan tancha ustiga to‘kib yuboradi. U to‘kilib ketgan mazkur aralashmani sidirib olar ekan, rezina avvalgidan ko‘ra yanada elastik bo‘lib qolgani, boz ustiga, hamon o‘zining suv shimmaslik xususiyatini saqlab qolganini payqadi. Shu tarzda, Charlz Gudir biz hozirda vulkanizatsiya deb ataydigan jarayonni kashf qilgan edi.
Oltingugurtni selitraga va uglerodga qo‘shib ishlov berish bilan porox tayyorlanadi. Albatta, oltingugurtni qo‘llash sohalari ichida bu eng bo‘lmag‘ur soha bo‘lishi mumkin fikrimcha.
Oltingugurt dioksidi shuningdek qog‘oz sanoatida ham keng qo‘llaniladi. Yog‘ochning qog‘oz uchun eng zarur qismi bu uning sellulozasi bo‘ladi. Daraxt sellulozasi, uning tanasini tashkil qiluvchi tolalarda jamlangan bo‘lib, ushbu tolalar esa o‘zaro bir-biri bilan lignin moddasi orqali birikkan (yelimlangan) bo‘ladi. Oltingugurt eritmasining suvdagi eritmasi, yoki, sulfit yog‘och qirindilari massasiga aralashtirilsa, u o‘sha ligninni eritib yuboradi va sellulozani alohida ajratib olish imkonini beradi.
Oltingugurt dioksidi molekulasi o‘ziga uchinchi bir kislorod atomini ham biriktirib olishi mumkin. Bu holda endi oltingugurtning trioksidi (SO3) hosil bo‘ladi. Oltingugurt trioksidini shuningdek oltingugurt gazi ham deyiladi. Oltingugurt gazi suvda oson va yaxshi eriydi. Uning suvda erishi jarayonida mazkur gaz molekulasiga suv molekulasi ham birika boshlaydi va natijada oltingugurt kislotasi hosil bo‘ladi. Oltingugurt kislotasining molekulasi yettita atomdan iborat bo‘ladi: bitta oltingugurt, ikkita vodorod va to‘rtta kislorod atomlari (H2SO4).
Oltingugurt kislotasi kuchli kislota bo‘lishi bilan birga, arzonligi evaziga ham eng ko‘p ishlatiladigan kislotalar qatorida yetakchilik qiladi. Statistiklar biror davlatning sanoat qudratini baholash uchun, uning yiliga necha tonna oltingugurt kislotasi iste'mol qilayotganiga e'tibor qaratish yetarli bo‘ladi deb ham hisoblaydilar. Oltingugurt kislotasi molekulalari suv molekulalari bilan oson birikadi va ushbu jarayonda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Lekin, mazkur jarayon birmuncha xatarlidir. Chunki, oltingugurt kislotasini suv bilan aralashtirish jarayonini haddan tashqari tezlashtirib yuborilsa, reaksiya o‘ta shiddatli tus olishi va ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori keskin ortib ketishi mumkin. Bu esa, atrofga kuchli oltingugurt kislotasini sochib yuborishga moyil bo‘lgan qaynash va toshish jarayonini keltirib chiqaradi. Oltingugurt kislotasi esa, kuchli kislota bo‘lgan uchun, odam tanasiga tushsa, kuchli kimyoviy kuyishni keltirib chiqaradi.
U metallarni tozalashdan boshlab, yoqilg‘ini tozalashda, o‘tkazgich simlar ishlab chiqarishda, hamda, kimyo sanoatining deyarli barcha yo‘nalishlarida juda keng ishlatiladi.



Yüklə 303,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin