Kimyo. Masala va mashqlar to



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə41/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

9.2. IONLI REAKSIYALAR
9.14. Quyidagi reaksiyaning molekulyar, to‘liq va qisqartirilgan ionli tenglamalarini tuzing va unga koeffitsientlar tanlang:
BaCl2+Na2SO4BaSO4+NaCl,
Yechish: Molekulyar tenglamaga koeffitsient tanlansa:
BaCl2+Na2SO4BaSO4+2NaCl
hosil bo‘ladi. Bu tenglamadagi BaCl2, Na2SO4, va NaCl moddalar ionlar holida bo'lib, BaSO4 kam eriydigan cho‘kma bo‘lganligi uchun mazkur reaksiyaning to‘liq ionli tenglamasi:
Ba2++2Cl-+2Na++SO42-BaSO4+2Na++2Cl-
bo‘ladi. Bu tenglamaning har ikkala tomonidagi o‘xshash ionlar tashlab yuborilsa, qisqartirilgan ionli tenglama
Ba2++SO42-BaSO4
hosil bo‘ladi.
9.15. Quyidagi reaksiyalarning molekulyar, to‘liq va qisqa ionli tenglamalarini tuzing va ularga koeffitsientlar tanlang:
a) CaCl2+Na2C2O4CaC2O4+NaCl,
b) Ca(NO3)2+Na2CO3CaCO3+NaNO3,
c) NH4Cl+KOHKCl+NH3+H2O, d) CO2+NaOHNaHCO3,
e) KCl+AgNO3AgCl+KNO3,
f) Fe2(SO4)3+KOHFe(OH)3+K2SO4,
g) CuO+HClCuCl2+H2O, h) H2SO4+NaOHNa2SO4+H2O,
i) CaCO3+CO2+H2OCa(HCO3)2.
9.16. Quyidagi qisqartirilgan ionli tenglamani to‘liq ionli va molekulyar tenglamalar shaklida tasvirlang:
Co2++S2-CoS.
Yechish: To‘liq ionli tenglamani tuzish uchun Co2+ va S2- ionlarga to‘g‘ri keladigan, suvda yaxshi eriydigan ionli birikmalarni tanlaymiz. Ularga, masalan, CoCl2 va Na2S ionli birikmalar to‘g‘ri keladi. Shu asosda to‘liq ionli va molekulyar tenglamalarni quyidagicha yozsa bo‘ladi:
Co2++2Cl-+2Na++S2-CoS+2Na++2Cl-,
CoCl2+Na2SCoS+2NaCl.
9.17. Quyidagi qisqartirilgan ionli tenglamalarni to‘liq ionli va molekulyar tenglamalar shaklida tasvirlang:
a) Ca2++C2O42-CaC2O4, b) Mg2++CO32-MgCO3,
c) NH4++OH-NH3+H2O, d) Ag++Cl-AgCl,
e) CO32-+H+CO2+H2O, f) Fe3++S2-Fe2S3,
g) Cu2++S2-CuS, h) SO42-+Pb2+PbSO4,
i) CO32-+Fe2+FeCO3.
9.18. Quyidagi reaksiya tenglamasini tugallang, koeffitsientlar tanlang, uni molekulyar va ionli shakllarda yozing:
Cu(OH)2+HCl...
Yechish: Cu(OH)2 kam eriydigan cho‘kma bo‘lib, u kuchli kislotalarda eriydi, uning erishi natijasida kuchsiz elektrolit H2O hosil bo‘ladi, H2O ning hosil bo‘lishi muvozanatni o‘ngga siljitadi:
Cu(OH)2+2HClCuCl2+2H2O,
Cu(OH)2+2H++Cl-Cu2++2Cl-+2H2O.
9.19. Quyidagi reaksiya tenglamalarini tugallang, koeffitsientlar tanlang, ularni molekulyar va ionli shakllarda yozing:
a) CoCl2+H2S..., b) MgCl2+Na2CO3...,
c) Co(NO3)2+NaOH..., d) AgNO3+NaJ...,
e) Co(OH)2+HCl..., f) FeS+HCl...,
g) CuS+HNO3..., h) H2SO4+Sr(NO3)2...,
i) MnCO3+H2SO4..., j) Cr(OH)3+NaOH...
9.20. Sr(XO3)2 suvda eritilganda uning 63,6 g massasi to‘liq dissotsilanganda 0,9 mol ion hosil bo‘lsa, tuz tarkibidagi X ni toping.
Yechish: Tuzning dissotsiatsiyasi:
Sr(XO3)2Sr2++2XO3-
tenglama bilan isodalanadi. Bunda bitta Sr2+ va ikkita XO3- ion hosil bo‘lganligi uchun: va x=212. . 184+2X=212; x=14. Demak, X azot ekan.



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin