10.5. OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARINING TENGLAMALARI BO‘YICHA HISOBLASHGA DOIR MASALALAR 10.24. Massasi 16,6 g bo‘lgan kaliy yodid namunasini kislotali muhitda oksidlash uchun necha gramm kaliy dixromat talab etiladi?
Yechish: Mazkur moddalar ishtirokidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining tenglamasini tuzish uchun hosil bo‘ladigan reaksiya mahsulotlarini aniqlab olamiz. KJ - qaytaruvchi, K2Cr2O7 - oksidlovchi, kislotali muhitda KJ oksidlanib J2, K2Cr2O7 qaytarilib, Cr3+ hosil qiladi. Tenglamaga koeffitsientlar tanlasak:
6KJ+K2Cr2O7+7H2SO4=3J2+Cr2(SO)2+4K2SO4+7H2O.
Ta'sirlashgan moddalar molyar massalaridan foydalanib, proporsiya tuzamiz va zarur bo‘lgan modda massasini topamiz:
g/mol; g/mol:
6·166:16,6-294:x; x=4,9 g K2Cr2O7.
10.25. Massasi 12,6 g bo‘lgan natriy sulfitni a) kislotali; b) neytral va c) ishqoriy muhitlarda oksidlash uchun necha grammdan KMnO4 talab etiladi? (Javob: a-6,32 g; b-10,54 g; c-31,6 g).
10.26. Tarkibida 0,3 % modda bo‘lgan 30 g eritmadagi vodorod sulfidni kislotali muhitda oltingugurtgacha oksidlash uchun necha gramm 0,05 M kaliy dixromat eritmasidan talab etiladi? (Javob: 17,69 g).
10.27. Massasi 0,70 g bo‘lgan texnikaviy natriy nitritni sulfat kislota muhitida oksidlash uchun 0,02 M KMnO4 eritmasidan 200,0 ml sarflangan bo‘lsa, texnik namunadagi NaNO2 ning massa ulushini toping. (Javob: 98,6 %).
10.28. Tarkibida 24,9 % ammiak bo‘lgan 3,5 g massali eritmani ishqoriy muhitda nitratgacha oksidlash uchun kaliy permanganat eritmasidan 104 ml sarflangan bo‘lsa, shu eritmaning molyarligini toping. (Javob: 3,94 M).
10.29. 2 l hajmli 0,1 M vodorod sulfid eritmasini kislotali muhitda oksidlash uchun 0,05 M kaliy dixromat eritmasidan qancha hajm talab etiladi? (Javob: 1333,33 ml).
10.30. Tarkibida 7,6 g temir (II) sulfat bo‘lgan eritmani oksidlash uchun kislotali sharoitda necha ml 0,1 M kaliy permanganat talab etiladi? (Javob: 100 ml).