Kimyo. Masala va mashqlar to



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə57/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

12.3. TUZLAR
12.21. Alyuminiy gidroksoxloridning xlorid kislota bilan ekvimolyar nisbatda olingan reaksiyasidagi ekvivalentining molyar massasini (g/mol) hisoblang. (Javob: 115).
12.22. Natriy sulfat, kaliy xlorid, ammoniy atsetat, natriy gidrid, kalsiy nitrat, alyuminiy xlorid, bariy nitrit, kaliy sulfatlarning qaysilari gidrolizga uchraydi? (Javob: CH3COONH4, NaH, AlCl3, Ba(NO)2).
12.23. Kaliy nitrat, simob () nitrat, natriy karbonat, kaliy xlorid, natriy sulfat tuzlaridan qaysilarini alyuminiy idishda qaynatish mumkin emas? (Javob: Hg(NO3)2, Na2CO3).
12.24. Quyidagi formulalardan qaysilari noto‘g‘ri yozilgan: a) (AlOH)3(PO4)2; b) MgNH4PO4; c) Al(HSO3)3; d) Al(OH)2SO4; e) AlOHCO3; f) (CuOH)3(PO4)2; g) Cu(OH)2SO4? (Javob: d, f, g).
12.25. Qaysi moddalar eritmada o‘zaro ta'sirlashmaydi: a) natriy fosfat va fosfat kislota, b) kumush nitrat va kaliy ftorid, c) kalsiy gidroksid va karbonat angidrid, d) kumush nitrat va osh tuzi, e) alyuminiy xlorid va soda? (Javob: a; b).
12.26. Kaliy gidrofosfatni kaliy fosfatga aylantirish uchun qaysi moddalardan foydalanish mumkin? a) Kaliy gidroksid, b) ortofosfat kislota, c) fosfor (V)oksid, d) kaliy oksid, e) kaliy xlorid. (Javob: a, d).
12.27. Suvli eritmada a) kalsiy sulfat va oltingugurt (V)oksid, b) natriy gidrosulfat va nitrat kislota, c) kalsiy gidrokarbonat va xlorid kislota, d) kalsiy gidrokarbonat va kalsiy gidroksidlardan qaysilari orasida reaksiya sodir bo‘ladi? (Javob: b, c, d).
12.28. a) Azot (V)oksid, b) ammiak, c) azot ()oksid, d) uglerod ()oksid, e) oltingugurt (V)oksid, f) karbonat angidrid, g) vodorod xlorid gazlari bilan to‘ldirilgan idishlardan qaysisiga tushirilgan, ho‘l lakmus qog‘ozi o‘z rangini o‘zgartiradi? (Javob: a, b, e, f, g).
12.29. a) Xlorid kislota, b) sulfat kislota, c) natriy gidroksid, d) oltingugurt (V)oksid, e) karbonat angidridlardan qaysi biri temir ()oksidni unga aralashgan alyuminiy oksiddan tozalashi mumkin? (Javob: c).
12.30. Tarkibida 31,84 % bir valentli metall, 39,18 % kislorod va qolgani xlordan iborat tuzning formulasini toping.
Yechish: Masalani yechish uchun ifodaning birinchi qismi tanlab olinib, , undan Ar topilsa, Ar=39 kelib chiqadi. Demak, bir valentli metall kaliy ekan.
12.31. CaCO3 va Ca2(PO4)3 aralashmasi havosiz joyda qizdirilganda, uning massasi 11 % kamaygan bo‘lsa, tuzlarning dastlabki aralashmadagi massa ulushlarini toping.
Yechish: CaCO3 va Ca2(PO4)3 aralashmasi havosiz joyda qizdirilganda CaCO3 parchalanadi va shuning hisobiga aralashmaning massasi kamayadi. Masalani yechish uchun aralashmaning ixtiyoriy massasini, masalan, 100 g tanlab olamiz. 100 aralashmadagi CO2 massasi:
g.
11 g CO2 karbonat angidrid qancha CaCO3 ga to‘g‘ri kelishini topamiz: 44:100=11:x, x=25 g, demak, uning massa ulushi:
.
Shu asosda ikkinchi moddaning massa ulushi:
ekanligi kelib chiqadi.
12.32. 5,6 g CO bilan etarli miqdordagi FeO ta'sirlashganda hosil bo‘lgan gaz massa ulushi 8 % bo‘lgan 500 g massali barit suvi orqali o‘tkazilganda qancha massa cho‘kma hosil bo‘ladi? (Javob: 39,4 g).
12.33. Tarkibida 9,8 g ortofosfat kislota bo‘lgan 30 g eritmaga tarkibida 6 g natriy gidroksid bo'lgan 20 g eritma qo'shilganda qanday tuzlar hosil bo‘ladi va ularning eritmadagi massa ulushlari qanday bo‘ladi? (Javob: NaH2PO412%, Na2HPO414%).



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin