11.31. Kaliy nitrat eritmasi 2,5 soat mobaynida elektroliz qilinganda anodda 4,48 l gaz ajralgan. Eritmadan o‘tkazilgan tok kuchi qiymati topilsin. (Javob: 8,58 A).
12. ANORGANIK BIRIKMALARNING ENG MUHIM SINFLARI 12.1. Oksidlar 12.1. Kumush, xlor, marganets, bor, xrom, oltingugurt, bariy, mishyak, magniy, natriy elementlaridan qaysilari kislotali oksid hosil qila oladi? (Javob: Cl, Mn, B, Cr, S, As).
12.2. Kalsiy, rux, xrom (VI), xrom (III), magniy, fosfor (V), kremniy (IV), azot (I) oksidlardan qaysilari ishqorlar bilan ta'sirlashadi? (Javob: ZnO, CrO3, P2O5, SiO2).
12.3. Natriy, litiy, kremniy, kaliy, marganets (II), xrom (II), uglerod (II), kalsiy, alyuminiy oksidlaridan qaysilari asosli oksid hisoblanadi? (Javob: Na, Li, K, Mn (II), Cr (II), Ca).
12.4. Kalsiy, natriy, fosfor (V)oksidlar, konsentrlangan sulfat va xlorid kislotalardan qaysilarini oltingugurt (VI)oksidni quritish uchun ishlatish mumkin? (Javob: konts. H2SO4, P2O5).
12.5. Xlorid kislota quyidagi oksidlardan qaysi biri bilan ta'sirlashishi mumkin: kremniy (V)oksid, oltingugurt (V)oksid, mis ()oksid, uglerod (V)oksid, xrom (V)oksid, xrom ()oksid, azot () oksid? (Javob: CuO, CrO).
12.6. Oltingugurt (V)oksid, azot (V)oksid, vodorod sulfid, vodorod xlorid, azot ()oksid, uglerod ()oksid, ammiak gazlarining qaysilari ta'siridan suvda ho‘llangan lakmus qog‘ozi ko‘k rangga bo'yaladi? (Javob: ammiak). 12.7. Uglerod (IV), xrom (), bariy, xrom (V)oksidlardan qaysilari kalsiy gidroksid bilan ta'sirlashmaydi? (Javob: xrom (), bariy). 12.8. Mis ()oksid, bariy oksid, kalsiy oksid, rux oksid, fosfor (V)oksid, temir (, )oksidlardan qaysilarini laboratoriyada qurituvchi modda sifatida ishlatish mumkin?
(Javob: BaO, CaO, P2O5).