Kimyo. Masala va mashqlar to


KISLOTA VA ASOSLAR HAQIDAGI HOZIRGI TASAVVURLAR



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə56/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

12.2.3. KISLOTA VA ASOSLAR HAQIDAGI HOZIRGI TASAVVURLAR
Kislota va asoslar haqida qator nazariya, gipoteza va kontseptsiyalar mavjud. Kislota va asoslarning Arreniusning elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi asosidagi tasavvurlari Ostvald tomonidan olg‘a surilgan edi. Unga ko‘ra kislotalar deb, dissotsilanganda vodorod va kislota qoldig‘i ionlarini hosil qiladigan murakkab moddalarga aytiladi. Asoslar  dissotsilanganda metall va gidroksil ionlari hosil qiladigan murakkab moddalardir. Dissotsilanganda H+ yoki OH- ionlari hosil qilmaydigan qator murakkab moddalar ham borki, ular kislota yoki asos xossalarini namoyon etadi. Bunday moddalarning kislotaasos xossalarini tushuntirish uchun bir necha nazariya va gipotezalar tavsiya qilingan. Hozirgi vaqtda solvosistema, proton (BrenstedLouri), elektron (Lyuis), proton-elektron-gidrid (Kreshkov) va boshqa qator tushunchalar bizning kislota va asoslar haqidagi tasavvurlarimizni ancha boyitadi.
Proton nazariyasiga ko‘ra kislotalar deb, proton donorlariga, asoslar deb, proton akseptorlariga aytiladi. Elektron nazariyasiga ko‘ra elektron akseptorlari kislotalar, elektron donorlari esa asoslar deb ataladi. Proton-elektron-gidrid kontseptsiyasiga asosan berilgan sharoitda proton donori yoki elektron akseptori bo‘la oladigan barcha moddalar yoinki kationlar kislotalar, proton akseptori yoki elektron donori bo‘la oladigan modda (ion) lar asoslar deyiladi. Bir reaksiyada kislota bo'lgan zarracha boshqa reaksiyada asos bo‘lishi mumkin. Bu u ishtirok etayotgan konkret sharoitga bog‘liq.
12.16. Proton nazariyasiga ko‘ra quyidagi NH3, CH3NH2, CH3OH, KNH2, HCl, HNO3, NaCl, NH4OH moddalardan qaysilari asos hisoblanadi? (Javob: NH3, CH3NH2, KNH2, NH4OH).
12.17. Proton nazariyasiga ko‘ra quyidagi NH3, H2SO4, CH3NH2HClO4, CH3OH2+, KHSO4, MgOHCl, NH4NO3, NaCl, (NH4)2SO4 moddalardan qaysilari kislota hisoblanadi?
(Javob: H2SO4, CH3NH2HClO4, CH3OH2+, KHSO4, NH4NO3, (NH4)2SO4).
12.18. Elektron nazariyasiga ko‘ra quyidagi FeSO4, Al(ClO4)3, K2SO4, MgCl2, NH3, BCl3, NH4OH moddalardan qaysilari asos hisoblanadi? (Javob: NH3, NH4OH).
12.19. Elektron nazariyasiga ko‘ra quyidagi FeSO4, Al(ClO4)3, K2SO4, MgCl2, FeCl3, NH3, BCl3 moddalardan qaysilari kislota hisoblanadi? (Javob: FeSO4, Al(ClO4)3, FeCl3, BCl3).
12.20. Quyidagi reaksiyalarda qatnashayotgan ta'sirlashuvchi moddalardan qaysilari proton-elektron-gidrid kontseptsiyasiga ko‘ra kislota hisoblanadi?
a) NaOH+H3PO4NaH2PO4+H2O;
b) NaOH+NaH2PO4Na2HPO4+H2O;
c) NaOH+Na2HPO4Na3PO4+H2O.
(Javob: a H3PO4, b NaH2PO4, c Na2HPO4).

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin