Kimyo. Masala va mashqlar to


Tarkibida 14 % pirolyuzit (MnO2) bo‘lgan 5 t ruda tarkibida qancha massa marganets bor? (Javob: 442,5 kg). 1.33



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə7/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

1.32. Tarkibida 14 % pirolyuzit (MnO2) bo‘lgan 5 t ruda tarkibida qancha massa marganets bor? (Javob: 442,5 kg).
1.33. Tarkibida 60 % magnitli temirtosh (Fe3O4) bo‘lgan 2,5 t temir rudasidan qancha temir olish mumkin? (Javob: 1,1 t).
1.34. Qisman oksidlangan rux metali kukuni tarkibida 0,5 % kislorod borligi aniqlangan bo‘lsa, shu namunadagi rux metalining massa ulushini hisoblang.
Yechish. Ushbu turdagi masalalarni yechishda ma'lum miqdor namuna (ixtiyoriy) tanlab olinadi. Masalan, 100 g namuna olingan bo‘lsa, uning tarkibidagi kislorodning massasi:
m(O)=(O).m=0,005.100=0,5 g
aniqlanadi. So'ngra aralashmadagi metall oksidining massasi quyidagi proporsiya asosida topiladi: 81:x=16:0,5 g; x=2,5 g.
Endi aralashmadagi sof metalning massasini hisoblash mumkin: m(Zn)=m-m(ZnO)=100-2,5=97,5 g.
Metalning massa ulushi:
yoki 97,5 %.
1.35. Qisman oksidlangan magniy metali kukuni tarkibida 2 % kislorod bo‘lsa, namuna tarkibidagi magniy metalining massa ulushini toping. (Javob: 95 %).
1.36. Tarkibida 0,85 % bog‘langan kislorod bo‘lgan alyuminiy metali parchasidagi metallning massa ulushini hisoblang. (Javob: 98,2 %).


1.2.2. KIMYOVIY BIRIKMALARNING FORMULALARINI
CHIQARISH
Kimyoviy birikmalarning eng oddiy formulalari ular tarkibiga kiruvchi elementlarning massalari, massa nisbatlari yoki massa ulushlari asosida topiladi. Agar modda tarkibida ikkita element bo‘lsa, bittasining massa ulushi berilganda, ikkinchisiniki ayirma shaklida topiladi. Ayrim hollarda modda tarkibiga kiruvchi tarkibiy qismlarning massa nisbatlari berilgan bo‘ladi. Eng oddiy formulani topish uchun modda miqdori yoki unga ekvivalent kattalik bo‘lgan hisoblanadi. Hosil bo‘lgan qiymatlar eng kichigiga bo‘linganda butun sonlar hosil bo‘lishi kerak. Agar modda miqdorlari yoki kattaliklar eng kichik qiymatga bo‘linganda butun sonlar hosil bo'lmasa, umumiy bo‘luvchi topiladi.
1.37. Tarkibida 39,7 % kaliy, 27,9 % marganets va 32,4 % kislorod bo‘lgan moddaning eng oddiy formulasini toping.
Yechish: Moddaning umumiy formulasini KxMnyOz deb olsak, .
Demak, moddaning formulasi K2MnO4 ekan.
1.38. Agar oksid tarkibidagi fosforning massa ulushi 56,4 % va kislorodniki 43,6 % bo‘lsa, oksidning eng oddiy formulasini toping.
Yechish: PxOy formuladagi indekslar quyidagicha topiladi:

Bu sonlarni eng kichigiga bo‘lganda ham butun sonlar hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun umumiy bo‘luvchi 0,9 topiladi:

Demak, moddaning eng oddiy formulasi P2O3 ekan.
1.39. Oksidlar tarkibiga kiruvchi elementlarning massa ulushlari mos ravishda quyidagicha a) S=50,0%, b) Mn=49,6%, c) C=42,8%, d) Pb=86,6%, e) Cu=80,0 % bo‘lsa, ularning eng oddiy formulalarini toping. (Javob: a - SO2; b - Mn2O7; c - CO; d - PbO2; e - CuO).
1.40. Tarkibi quyidagicha bo‘lgan gidroksidlarning eng oddiy formulalarini toping:
a) Mn=61,8 %, O=36,0 %, H=2,3 %;
b) Sn=77,7 %, O=21,0 %, H=1,3 %;
c) Pb=75,3 %, O=23,2 %, H=1,5 %.
(Javob: a - Mn(OH)2, b - Sn(OH)2, c - Pb(OH) 4).
1.41. Tarkibi quyidagicha bo‘lgan kislotalarning eng oddiy formulalarini toping:
a) H=0,021, N=0,298, O=0,681;
b) H=2,4%, S=39,1%, O=58,5%;
c) H=3,7%, P=37,8%, O=58,5%.
(Javob: a - HNO2; b - H2SO3; c - H3PO3).
1.42. Tarkibi quyidagicha bo‘lgan tuzlarning eng oddiy formulalarini toping:
a) N=35,0 %, O=60,0 %, H=5,0 %;
b) Mg=9,9 %, S=13,0 %, O=71,4 %, H=5,7 %;
c) K=39,67 %, (Mn=27,87 %, (O=32,46 %.
(Javob: a - NH4NO3; b - MgSO4·7H2O; c - K2MnO4).
1.43. Tabiiy marvaridda kalsiy, uglerod va kislorodning massa nisbatlari 10:3:12. Marvaridning eng oddiy formulasi qanday bo‘ladi?
Yechish: Masalani yechish uchun massa nisbatga to‘g‘ri keladigan qiymatni har bir atomning nisbiy atom massasiga bo‘lamiz:

Demak, marvaridning eng oddiy formulasi CaCO3 ekan.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin