Massa ulush berilgan tarkibiy qism massasining (m) modda umumiy massasiga (m) nisbatiga teng:
, (1.8)
bu erda - massa ulush, o‘lchamsiz kattalik, foizlarda ifodalash uchun 100 ga ko‘paytiriladi; m - aralashma (yoki eritma) tarkibidagi tarkibiy qismning massasi, kg, g, t ; m - aralashma yoki eritmaning massasi, kg, g, t.
Ushbu formulaga mos ravishda modda tarkibiga kirgan element atomining massa ulushi ham aniqlanishi mumkin, buning uchun bu formulaga ayrim o‘zgartishlar kiritamiz:
(1.9)
1.27. KMnO4 tarkibidagi elementlarning massa ulushlarini hisoblang.
Yechish: Masalani yechish uchun (1.9) formuladan foydalanamiz:
yoki 24,7 %; yoki Mn=34,8 %; yoki O=40,5 %.
1.28. NaPO3 tarkibidagi elementlar atomlarining massa ulushlarini toping. (Javob: Na - 22,55 %; P -30,39 %; O - 47,06 %).
1.29. Na2S2O3 tarkibidagi elementlarning massa ulushlarini toping. (Javob: Na - 29,11 %; S - 40,51 %; O - 30,38 %).
1.30. Magniy sulfat kristallgidrati (MgSO4·7H2O) tarkibidagi suvning massa ulushini toping. (Javob: 51,22 %).
1.31. Tarkibida 35 % FeO va 65 % Fe2O3 bo‘lgan 120 g aralashma tarkibidagi temirning massasini hisoblang.
Yechish: Eng avvalo (1.5) formula yordamida aralashma tarkibidagi har bir tarkibiy qismning massasi hisoblanadi.
mFeO=m=0,35.120=42 g,
m(Fe2O3)=m=0,65·120=78 g.
Masalaning davomi proporsiya bilan yechilsa: MFeO=72, bo‘lganligi uchun 72:42=56:x; x=42.56/72=32,67 g Fe bor. 160:78=112:x; x=54,6 g. Fe bor.
Temirning jami massasi m=32,67+54,6=87,27 g.