Kimyo sanoatida suv, havo va eritmalar referat


Suvning oksidlanuvchanligi



Yüklə 150,78 Kb.
səhifə5/8
tarix05.05.2023
ölçüsü150,78 Kb.
#108236
1   2   3   4   5   6   7   8
8.Suv va eritmalar.

Suvning oksidlanuvchanligi. Suvning oksidlanuvchanligi – suvdagi moddalar, asosan, organik maddalar va oz miqdordagi temir birikmalari, vodorod sulfid, nitritlarni oksidlash uchun talab etiladigan kislorod massasi (mg/l hisobida) bilan aniqlanadi. Uning kattaligi suvdagi organik qo’shimchalar konsentratsiyasini qiyosiy tavsiflash uchun ishlatiladi. Artezan suvlarining oksidlanuvchanligi odatda 1-3 mg/l O2 ni, toza ko’l suvlariniki – 5-8, botqoqlik suvlariniki esa – 400 mg/l O2 ni tashkil etadi. Daryo suvlarining oksidlanuvchanligi katta chegarada o’zgaradi, 60 mg/l va undan katta miqdorni tashkil qiladi.
Suvning aktiv reaksiyasi. Suvning aktiv reaksiyasi, ya’ni suvning kislotaliligi yoki ishqoriyligi miqdoriy jihatdan undagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi yoki pH qiymati bilan tavsiflanadi.
PH 7 ga teng bo’lganda neytral hisoblanadi, pH < 7 da – kislotali, pH > 7 da esa – ishqoriy hisoblanadi.
Ko’pgina tabiiy suvlarda pH 6,5-8,5 chegarasida o’zgaradi. Suvlar pH qiymatining o’zgarishiga ko’pincha organik kislotalar va sanoat korxonalarining suv oqavalari sabab bo’ladi.
Texnologik jarayonlar va jihozlar turlari talablariga muvofiq ishlatiladigan suvlarning sifati belgilanadi. Kimyo korxonalarida turli xildagi: daryo, quduq, filtrlangan, koagulyatsiyalangan, sovutilgan, qisman yoki to’la tuzsizlantirilgan, ichimlik va boshqa suvlar ishlatiladi.
Kimyo korxonalarida xomashyolarni birlamchi boyitish jarayonida, mahsulotlar va jihozlarni sovutishda hamda turli xil qo’shimcha jarayonlarda chuchuk tabiiy suvlar qo’shimcha tozalashlarsiz ishlatiladi. Ko’pchilik hollarda tabiiy suvlar tegishli sanoatning suvdagi qo’shimchalarga bo’lgan talabiga muvofiq turli xil usullar bilan tozalanadi (mineralsizlantiriladi).

4. Sanoatdagi ishlab chiqarishga suv va havoni tayyorlash


Suvni tayyorlashda mexanik, fizik, kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar: tindirish, yumshatish, ion almashinish, kremniysizlantirish va gazsizlantirish (degazatsiya) usullari qo’llaniladi. Ichimlik suvini tayyorlashda esa, bulardan tashqari, dezinfikatsiya qilinadi. 2.1-rasmda keltirilgan sxemada suvni tayyorlashdagi asosiy usullar ko’rsatilgan.

Yüklə 150,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin