Kimyo sanoatida suv, havo va eritmalar referat


Suvlarni klassifikatsiyalash va ulardan maqsadli foydalanish



Yüklə 150,78 Kb.
səhifə2/8
tarix05.05.2023
ölçüsü150,78 Kb.
#108236
1   2   3   4   5   6   7   8
8.Suv va eritmalar.

2. Suvlarni klassifikatsiyalash va ulardan maqsadli foydalanish


Suv qanday maqsadda ishlatilishiga ko’ra ikki turga: sanoat suvlari va ichimlik suvlariga bo’linadi. Ikkala xil suv uchun ham katta talab qo’yilgan bo’lib, ular shu soha bo’yicha belgilangan DAST larga amal qilingan holda ishlatiladi.
Turli qozonlar, elektrostansiyalar va ko’pchilik texnologik jarayonlar uchun ishlatiladigan suvlar alohida ahamiyat berib tayyorlashni talab etadi. Buning uchun turli usullar qo’llaniladi. Bu esa shu sanoat tarmog’ining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlariga yetarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda sanoat suvlarini qayta-qayta ishlatish masalalari alohida ahamiyatga ega bo’lib, bu masala quyidagi yo’llar bilan hal etiladi:

  • ishlab chiqarishdan chiqqan suvlarni tozalab, yana shu jarayon uchun ishlatish;

  • bir jarayondan chiqqan suvni ikkinchi jarayon uchun ishlatish (suv tarkibi jarayonning borishiga hamda ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatiga ta’sir ko’rsatmagan holda);

  • ishlab chiqarishdan chiqqan suvlar tozalanib, turli texnologik jarayonlarda va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Umuman, hozirgi vaqtda texnologik jarayonlarda iloji boricha suvni kam ishlatish, ya’ni chiqindi suvlar hosil qilmaydigan «quruq jarayon» larga o’tish masalasi katta ahamiyatga egadir.

Tabiiy suvlar odatda atmosfera, yer yuzasi va yer osti suvlariga bo’linadi.
Atmosfera suvi. Yer yuzasiga tarkibida oz miqdordagi qo’shimchalari bilan yomg’ir va qor tarzida tushadigan suvlar atmosfera suvlari deb yuritiladi. Ulardagi bu qo’shimchalar asosan erigan gazlar (O2, CO2, N2 va b.), tuzlar, bakteriyalar va xokazolardan iboratdir. Suvsiz va quruq tumanlarda atmosfera suvlari suv zaxiralarining asosiy manbai hisoblanadi.
Yer yuzasi suvlari. Yer yuzasi suvlari – bu ochiq suv havzalari: daryolar, ko’llar, dengizlar, kanallar va suv omborlaridagi suvlardir. Bu suvlar tarkibiga klimatik, geomorfologik, geologik tuproq sharoitlari, agro- va gidrotexnik ishlar, sanoatning rivojlanishi va boshqa omillarga bog’liq holda turli xil mineral va organik moddalar kiradi.
Dengiz suvlari. Dengiz suvlari ko’p komponentli elektrolitlar eritmasi tarzida bo’ladi va unda yer qobig’idagi barcha elementlar bo’ladi. Dengiz suvlarida ko’pgina tuzlar (natriy xlorid 2,6% gacha, magniy xlorid va sulfatlar va b.), shuningdek havo tarkibidagi gazlar (azot, kislorod va karbonat angidrid) erigan bo’ladi. Barcha dengiz va okeanlarning suvlari bir-biridan erigan tuzlarning umumiy miqdori va ularning sifat tarkibi bilan farq qiladi.

Yüklə 150,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin