3. Tayyor mahsulot tavsifi Bitum qattiq yoki yuqori qovushqoqlikka ega bo’lgan tarkibida kislorodi ko’p bo’lgan yuqori molekulali suyuq neft maxsulotidir. Bitum insonga qadimdan ma’lum bo’lib undan uy, yo’l qurilishida foydalaniladi. Bitumga bo’lgan extiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Shuningg uchun bitum ishlab chiqarish xajmi hamda turlari ortmoqda. 70 xilga yaqin bitum ishlab chiqarildi. Shuningg 90% neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqrailmoqda. Bir vaqtning o’zida asfalьt- bitum, karton-ruberoyd zavodlarida ham bitum ishlab chiqarish yo’la qo’yilgan. Tibbiy bitumni qazib olish chegaralangan. U ham bo’lsa, umumiy ishlatiladigan bitumning oz miqdorini tashkil qiladi holos. Shuningg uchun bitumning asosiy qismni NQIZ larida ishlab chiqariladi. Neft bitumlari ichida yuqori temperaturada suyuqlanuvchi bitumlar aloxida o’rin tutadi. Bunday bitumlar suyuq bitumlardan farq qilib yumshash temperaturasi yuqori, hamda bir qancha fizik-kimyoviy hossalari turlichadir. Bu hossalarga asoslanib, qattiq bitumlar xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida ishlatiladi. Yo’l qurilishi uchun tez, o’ta va sekin quriydigan BG,SG,MN hamda qovushqoq bitumlar BND, BN markadagi bitumlar ishlab chiqariladi. Qurilishda ishlatish uchun BN markali bitumlar ishlab chiqariladi.
Texnikada gidroizolyatsiyalovchi materiallar ma’lum. Ular BN-V markali bitumlar ko’pgina to’ldiruvchilar bilan aralashmasidir. Elektrotexnika sanoatida bu bitumlardan kompazitson lak quyish massasi, izolyatsiyalovchi lentalar uchun yopishtiruvchi massalar tayyorlanadi. BN-V markadagi bitumlardan ko’proq plastmassalar ishlab chiqariladi. Bitumning boshqa qattiq markasi rubroks-rezina sanoatida ishlatiladi. Suyuq markadagi bitum yo’l qurilish. Ta’mirlashda ishlatiladi. Yo’l qurilishda ishlatiladigan bitumga qo’yiladigan talablar quyidagilar:
Ularni birikishi:
Meneral aralashmalar bilan (shag’al, qum, tuproq )pishishi
Ular orasidagi bo’shliqni to’ldirish.
Bunga asosan yo’l qurilish bitumlari yuqori temperaturada mustaxkamligini saqlanishi past temperaturada elastikligini saqlashi, siqilish, urilishi xarakatlanuvchi transport ta’siriga chidamli bo’lish, meneral materiallarning quruq va nam yuzasi bilan yaxshi yopishishi, uzoq muddatga dastlabki xususiyatini saqlash kerak.
Tayyor bitumlarning ekspluatattsiya hossalari turli ko’rsatkichlarni nazorat qilish yo’li bilan nazorat qilib boriladi. Ignani botish chuqurligi, yumshash temperaturasi, cho’zilishi, g’ovakli temperaturasi.
Bitum tarkibiga kiruvchi komponentlar nisbati uning hossasiga ta’sir etadi. Asfaltenlar qanchalik ko’p bo’lsa, bitum shunchalik qattiq smola bitumningelastikligini yaxshilaydi. Moylar bitumni past temperaturaga chidamli qiladi.
Bitum qurilmasida yo’l qurilishda va uy qurilishda ishlatiladigan bitumlar ishlab chiqarilmoqda. Bitum ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo neftni atmosfera bosimda va vakuumda xaydash qoldig’i mazut moylarni selektiv tozalash ekstraktidan foydalaniladi. Bu xom ashylardan bitum quyidagi usullar yordamida olinadi:
Bitumli qoldiqni oxirigacha kokslash uchun reaktorning yuqorigi qatlamiga qo’shimcha issiqlik M: kokslash gazoyili beriladi. Reaktorda issiqlik yetishmasa koksning yuqorigi qism 2-3 m balandlikda bitum qatlami qoladi va uchuvchan moddalar ruxsat etilgandan ortiq bo’ladi. Past temperaturda kokslanayotgan xom ashyoni ko’piklashib kokslanayotgan massani reaktorning yuqorigi qismidan siqib ketishiga olib keladi.