1.Kirish. Respublikamizning neft sanoati xalq xo’jaligining asosiy tarmog’i bo’lib, muxim energetik bazasi hisoblanadi. Mustaqillikka erishish munosabati bilan neft – gaz sanoatida keskin burilish yuz berdi.Uglevodorodlarni qazib olinishi ko’paydi, tarmoqning infrastukturasi yaxshilandi. Bu Respublikamiz Prezidentining neft va gaz sanoatini xalq xo’jaligi tarmoqlari qatoriga qo’shish bilan bog’liq bo’lgan strategiyasi asosida vujudga keldi.
Ilgarigi o’z xolicha ish yurituvchi neft, gaz, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari yagona tarmoq - “Uzbekneftgaz” milliy xolding korporatsiyasiga birlashtirildi. Bu korporatsiyaning tarkibida neft va gazni qayta ishlash bo’yicha yirik korxonalar ishlab turibti. Bular: “O’zneftni qayta ishlash” davlat sanoat birlashmasi, Sho’rtan va Muborakdagi gazni qayta ishlash zavodlari. “O’zbekneftmaxsulot” aksiyadorlik birlashmasi tarkibiga Farg’ona, Oltiariq va Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodlari kiradi.
Fаrg’оnа shаhridаgi nеftni qаytа ishlаsh zаvоdi 1959 yildа ishgа tushirilgаn bo’lib, zаvоd yoqilg’i mоy yo’nаlishidа ishlаshga mo’ljallangan.
Zavoddagi qurilmalarda neft asosan yеngil frаksiyalаrga аjrаtib оlingаndаn so’ng, оg’ir qоldiq mаzut vаkuum shаrоitidа ishlаydigаn qurilmаlаrdа hаr xil frаksiyalаrgа аjrаtilаdi. Hаr qаysi frаksiya аlоhidа-аlоhidа tоzаlаnib, ulаrdаn turli xil mоylаr оlinаdi. Hоzirda zаvоddа 30 dаn оrtik tехnоlоgik qurilmаlаr mavjud.
FNQZda ilk bоr yiligа 600 ming tоnnа nеftni hаydаydigаn АT qurilmаsi ishgа tushirilgаn, kеyinchаlik yanа bir nеchtа АVT qurilmаlаri fоydаlаnishgа tоpshirildi. 1965-68 yillаrdа yiligа 300 vа 600 ming tоnnа bеnzinni rifоrming etuvchi qurilmаlаr ishgа tushirildi.
Zаvоdda Mаrkаziy Оsiyodа yagоnа mоy ishlаb chiqаruvchi blоk qurilgаn.
Davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Strategiya asosida mamlakatning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini yanada rivojlantirish uchun yirik ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish hamda modernizatsiya qilish kabi vazifalar belgilab berildi.
Shunga muvofiq O‘zbekistonda neft va gazni ishlashga yildan yilga tobora ko’proq e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2019 yil 21 fevral kuni neft-gaz va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini investorlarning ishonchli boshqaruviga berish vazifasini qo‘ygan edi. Bu bo’yicha 2019 yil 10 aprelda «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4275-sonli prezident qarori qabul qilindi.
Mazkur korxona o‘z vaqtida Farg‘ona vodiysidagi neft konlarini o‘zlashtirish va mintaqa davlatlariga neft mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida bunyod etilgan. U hozirgi kunda ham uglevodorod xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha mamlakatimizdagi eng yirik majmualardan biridir. 475 gektar maydon, 52 ta texnologik ob’ekt uning ulkan salohiyatidan dalolat beradi.
Lekin texnika va texnologiyalar eskirgani, ishlab chiqarish asosan importga bog‘liq bo‘lgani sababli korxona keyingi o‘n yilda norentabel bo‘lib qolgan edi. Yillik loyiha quvvati 6 million 450 ming tonna bo‘lgani holda ishlab chiqarish bor-yo‘g‘i 30 foizga tushib qolgandi.
Mazkur modernizatsiya jarayoni Indoneziyaning «RT Trans Asia Resources» xorijiy kompaniyasi bilan hamkorlikda uch bosqichda amalga oshiriladi. Kompaniyaning sohada katta tajribasi, jahon bozorida o‘z o‘rni bor. Bu zavodni xomashyo bilan barqaror ta’minlash, uni jahon standartlari asosida qayta ishlab, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berishga xizmat qiladi. Kelgusida yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat bo‘lgan konsorsium tashkil etish rejalashtirilgan.