"Kimyo va uni o`qitish metodikasi" kafedra mudiri, dotsent kafedrasi dotsenti t f. n


FOSFAT KISLOTA HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə3/9
tarix11.05.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#111675
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kimyo va uni o`qitish metodikasi kafedra mudiri, dotsent kafed

2.1 .FOSFAT KISLOTA HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT.
Fosfor, azot singari, barcha tirik mavjudodlar uchun ajralmas element hisoblanadi, chunki u o`simlik va hayvonot olami oqsillarining bir qismidir. O`simliklarda fosfor asosan urug` oqsillarida, hayvonlar organizmida esa asab to`qimalari, sut va qon tarkibida uchraydi.Kalsiy fosfat suyak to`qimalarida va tishlarda sezilarli miqdorda mavjud. Fosfat tuzlari miya oqsillarida qon pH qiymatini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Fosfor tabiatda erkin holda uchramaydi. U havodagi kilorod orqali juda tez oksidlanadi va fosfor (V) oksidini hosil qiladi. Fosfor (V)-oksid P2O5 oq rangli, gigroskopik modda - fosfat angidrid deyiladi.Bunda fosfor atomining gibridlanish turi-sp3.U o`ziga shiddat bilan suv biriktirib olib, kuchsiz uch negizli orto-fosfat kislota H3PO4 hosil qiladi. Bu kislotani oddiy qilib fosfat kislota deyish ham xato bo`lmaydi. P2O5ni oddiy sharoitda suv bilan ta`sirlashsa zaharli metafosfat kislotani, suv bilan qaynatilganda esa ortofosfat kislotani olish mumkin. Fosfor (V)-oksidi asosan suvsizlantiruvchi vosita sifaida ishlatiladi.U turli nisbatlarda, sharoitlariga qarab suv bilan ta`sirlashganda fosforning turli kislotalarini hosil qiladi:
P2O5+H2O=HPO3 metafosfat kislota
P2O5+2H2O=H4P2O7 pirofosfat kislota
P2O5+3H2O=2H3PO4 ortofosfat kislota
Bulardan eng ahamiyatlisi ortofosfat kislota (H3PO4) hisoblanadi.

Ortofosfat kislota-anorganik birikma, kuchsiz kislota, gigroskopik(suvga o`ch), kristall murakkab modda. Oddiy 85% fosfat kislota rangsiz , hidsiz holda bo`ladi. Tabiatda fosfat minerallari tarqalgan, ulardan asosiylari:
Ca3(PO4)2fosforit, apatit
;
Ca5(PO4)3F –ftorapatit



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin