"Kimyo va uni o`qitish metodikasi" kafedra mudiri, dotsent kafedrasi dotsenti t f. n



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə5/9
tarix11.05.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#111675
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kimyo va uni o`qitish metodikasi kafedra mudiri, dotsent kafed

Kimyoviy xossalari:
Ortofosfat kislota 215 oC gacha qizdirilganda suvda eriydigan shishasimon massa holidagi pirofosfat kislota hosil qiladi:
2H3PO4 → H4P2O7 + H2O
Fosfat kislota uch negizli kislota bo`lgani uchun dissotsialanishi uch bosqichda boradi:
H3PO4↔H+ + H2PO4-
H2PO4-↔H+ + HPO42-
HPO42-↔H+ + PO43-

Fosfat kislota uchuvchan emas.U juda barqaror kislota hisoblanadi.Shu sababli u kuchlanishlar qatorida vodoroddan chaproqda turgan metallar bilan reaksiyaga kirisha oladi:



6Na + 2H3PO4 = 2Na3PO4 + 3H2
Asosli oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv xosil qiladi:
3CaO + H3PO4 = Ca3(PO4)2 + 3H2O
Mo`l miqtordagi H3PO4 ammiak bilan reaksiyaga kirishib, nordon tuz xosil qiladi:
H3PO4 + 2NH3 = (NH4)2 HPO4
Kuchsiz kislotalarning tuzlari bilan ham reaksiyaga kirishadi:
2H3PO4 + 3K2CO3 = 2K3PO4 +3 CO2 + 3H2O

Konsentrlangan fosfat kislotaning natriy nitrat bilan reaksiyasi natijasida Madrell tuzi hosil bo`ladi:


H3PO4 + NaNO3 = *(NaPO3)n + HNO3 + H2O

*Fosforning barcha kislota qodiqlari sp3 gibridlanishni namoyon qiladi.Shu sababli metafosfat kislota qoldig`i hosil qilgan birikmalar siklik bog` hosil qiladi.
Suyultirilgan H3PO4 ning temir bilan reaksiyasida temirning 2xil:o`rta hamda nordon tuzi xosil bo`ladi:
3H3PO4 + 4Fe = FeHPO4 ↓+ Fe3(PO4)2 ↓+ 4H2
Fosfat kislotaning asoslar bilan reaksiyaga kirishib hosil qiladigan tuzlari:

  1. H3PO4(kons.) + MeOH(suy.) = MeH2PO4 + H2O

  2. H3PO4(suy.) + 2MeOH (kons.) = Me2HPO4 + 2H2O

  3. H3PO4(suy.) + 3MeOH(kons.) = Me3PO4 + 3H2O

Fosfat kislotaning konsentratsiyasiga qarab aktiv metallar bilan reaksiyaga natijasida hosil qiladigan tuzlari:

  1. H3PO4(kons.) + Me = MeH2PO4 + 0.5H2

  2. H3PO4(suy.) + 2Me = Me2HPO4 + H2

  3. H3PO4(suy.) + 3Me = Me3PO4 + 1.5H2

H3PO4 qizdirilsa dastlab pirofosfat kislota(yunon. “pyr”-o`t, olov~qizd.), qizdirish davom ettirilsa metafosfat kislota, u ham qizdirilsa fosfor(V)oksidini olish mumkin:
2H3PO4 →(-HOH)→ H4P2O7 →(-HOH)→ 2HPO3 →(-HOH)→ P2O5


Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin