Kimyo va uni o`qitish metodikasi kafedra mudiri, dotsent kafed
Qo`shsuperfosfat – konsentrlangan fosforli o`g`it. O`g`it o`z ichiga olgan asosiy komponent kalsiy digidofosfat monogidrat( Ca(H2PO4)2*2H2O ).Odatda o`g`it tarkibida qo`shimcha kalsiy va magniy fosfatlari ham mavjud. Oddiy fosfat bilan taqqoslaganda uning tarkibida ballast (CaPO4) yo`q.Qo`shsuperfosfatning asosiy ustunligi – bu ballastning juda oz miqdorda ekanligi, ya`ni bu transport va ortiqcha harajatlarni kamayganligida.Qo`shsuperfosfat ortofosfat kislotaning tabiiy fosfatlarga ta`sirida hosil bo`ladi:
Ca3(PO4)2 + 4H3PO4=3Ca(H2PO4)2
Ftorappatini ortofosfat kilotasi bilan parchalash usuli ham mavjud:
Ca5(PO4)3F + 7H3PO4 = 5Ca(H2PO4)2 + HF
Ishlab chiqrishda asosan yo`nalishli usul qo`llaniladi: Qo`shsuperfosfat oddiy superfosfat bilan deyarli bir xil.Lekin qo`shsuperfosfat tarkibidagi ballast CaSO4 3-5% ni tashkil qiladi. 135 - 140 Co qizdirilganda qo`shsuperfosfat kristallanadi va suvda eriy boshlaydi, soviganidan keyin mo`rt va g`ovakli holatga keladi. 280 – 320 Co da ortofosfatlar assimilyatsiya qilinadigan va qisman suvda eruvchan shaklda bo`lgan meta-, piro- va poli- fosfatlaga aylanadi. Ular 980 Co da eriydi va sovutilgandan keyin shishasimon mahsulotga aylanadi.Rossiya sanoatida qo`shsuperfosfat ГОСТ 16306-80 bo`yicha ikki xil navda ishlab chiqariladi. A – darajasi Xibin apatit konsentratidan yoki umumiy fosfatlarning massa ulushi kamida 32.5% bo`lgan Marokash fosforitlaridan ishlab chiqariladi. B – navi Boltiq bo`yi fosforitlaridan fosfatining massa ulushi kamida 28% bo`lgan xolda ishlab chiqariladi. Tayyor mahsulotda fosforik angidrid miqdori mos ravishda 45/47 va 42/44 % ni tashkil qiladi.
3. Presipitat CaHPO4*2H2O quyidagi usullar bilan olinadi:
Ca3(PO4)2 + H2SO4 + 4H2O= 2CaHPO4*2H2O + CaSO4 Ca3(PO4)2 + H3PO4 + 6H2O=2CaHPO4*2H2O
H3PO4 + Ca(OH)2 = CaHPO4*2H2O
H3PO4 + CaCO3 + H2O = CO2↑+ CaHPO4*2H2O
CaHPO4*2H2O tarkibga ega konentrlangan fosforli o`g`it. Unumdorligining sababi shundaki fosfat tarkibidagi P2O5 ning konsentratsiyasi yuqori. Barcha turdagi tuproqlarning strukturasiga moslashib, yaxshi shimiladi. Kislotalikini meyorlashtira oladi. Asosan 2 xil navda ishlab chiqariladi: I nav – fosfat angidridi konsentratsiyasi 31%dan kam bo`lmagan, II nav – 27%lik P2O5 dan olingan.Suvda yaxshi erimaydi, lekin organik birikmalar bilan yaxshi ta`sirlasha oladi.
Hozirgi kunda aralash o`g`itlar ishlab chiqarish ko`proq ahamiyat kasb etayapti.
4. “Ammofoska” – shunday aralash o`g`itlar qatoriga – NH4H2PO4 + (NH4)2HPO4 kiradi.
Asosan fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash usulida olinadi(pH=6.3-7):
2H3PO4 + 3NH3 = NH4H2PO4 + (NH4)2HPO4 Komplek o`g`it tarkibida ammofoning 2 xil – monoammoniyfosfat NH4H2PO4 va diammoniyfosfat (NH4)2HPO4 birikmalari tarkib topgan. O`g`it tarkibida 10-12% gacha N va 52% gacha P2O5 tutadi. Sanoatda ammofos asosan 2 xil navda ishlab chiqariladi, ular A hamda B navlaridir.O`zlarida mos ravishda 9-11% N va 42-50% fosfat angidrid tutishi bilan farqlanadi. Azot va fosfat angidrid massa nisbatlari mos ravishda 1 : 4 bo`lgan birikma yuqori konsentrlangan birikma hisoblanadi va shu bilan bir qatorda o`simliklarning oziqlanishi, tuproqning yumshashi uchun yetarlicha hisblanadi. Ammofos asosan paxta, kartoshka va donli ekinlar ekishdan oldin yerga sepiladigan o`g`it sifatida ishlatiladi.Ammofosni 0.4 -0.5 sentner/gektar hisoblab sepish tuproq samaradorligini yetarlicha oshiradi.
Hayvonlar suyaklari qayta ishlab olingan kukunsimon modda - Ca3(PO4)2 “suyak uni” nomi bilan o`g`it sifatida ishlatiladi. Yuqoridagi fosfatli o`g`itlar Qizilqum fosforit konida, Samarqand va Qo`qon superfosfat zavodlarida ko`p tonnali mineral o`g`itlar sifatida ishlab chiqariladi.