1.Tabiiy ftorapatitni (Ca5(PO4)3F) sulfat kislotada eritish bilan olish mumkin.Natijada 85% orofosfat kislota olinadi:
Ca5(PO4)3F + 5H2SO4 + 10H2O = 5CaSO4*2H2O↓+ 3H3PO4 + HF
2.Bug` holatidagi (P4) fosforni suv ishtirokida katalitik oksidlash yo`li bilan ham olish mumkin:
P4 + 5O2 = P4O10 + 6H2O = 3H3PO4
Fizik xossalari :
Toza fosfat kislota kristalining suyuqlanish harorati 42.35Co.Fosfat kislota ochiq havodagi namlik(suv) bilan reaksiyaga kirishadi hamda haroratga qarab har xil konsentratsiyali fosfat kislota hosil bo`lishi mumkin:
75% H3PO4 (harorat -20 Co)
80% H3PO4 (harorat 0 Co)
85% H3PO4 (harorat +20 Co)
Fosfat kislotaning 40-50% lik eritmasida fosfat anionlari suv molekulasi bilan o`zaro vodorod bog` hosil qiladi. Bu bog` fosfat kislotadagi vodorodsiz kislorod hamda suv molekulasidagi vodorod orasida yuzaga keladi.Bu bog` esa kislotaning qovushqoqligini yuzaga keltiradi.
Fosfat kislota elektr tokini yaxshi o`tkazadi, chunki bunda avtoprotoliz sodir bo`ladi:
H3PO4↔H3O+ + H2PO4- + H4P2O7