"Kimyo va uni o`qitish metodikasi" kafedra mudiri, dotsent kafedrasi dotsenti t f. n


FOSFAT TUZLARI OZIQ-OVQAT SANOATIDA



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə8/9
tarix11.05.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#111675
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kimyo va uni o`qitish metodikasi kafedra mudiri, dotsent kafed

2.4.FOSFAT TUZLARI OZIQ-OVQAT SANOATIDA
Natriy fosfat preparati. Na2HPO4*12H2O (ikkilamchi natriy gidrofosfat).
Sut sanoatida - Na2HPO4*12H2O (ikkilamchi natriy gidrofosfat) sut sanoatida quyultirilgan pasterizatsiyalangan sutni ishlab chiqarishda, tayyor mahsulotning uzoq muddat saqlanishini ko`paytirishda, ishlab chiqarish va saqlash jarayonida sutning ivishidan yoki quyuqlashishining oldini olish uchun kristalizatorga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Xom sutga Na2HPO4*12H2O qo`shilishi oqsillar va yog`lar kabi issiqlikka sezgir komponentlarning yo`qolishini oldini oladi. Stabilizatsiya qiluvchi tuz(yog`ni normalovchi), pH regulyatori sifatida 6.6-7.9 gacha normallashtirish uchun keng miqyosda foydalaniladi.

Pishloq sanoatida – qayta ishlangan pishloq ishlab chiqarishda, mahsulot tarkibida yog`larni saqlab qolishda, ta`mini nordonlashtirishda, mahsulot yaroqliligini ko`paytirishda, asl xolatida ko`proq muddat saqlashda, kislota rostlagich sifatida ishlatiladi(shu bilan bir qatorda kolbasa sanoatida ha shu maqsadlarda foydalaniladi).

Qandolat mahsulotlari sanoati – Na2HPO4*12H2O (ikkilamchi natriy gidrofosfat) marmelat, jele marmelat, jele mahsulotlari va jele konfet korpuslarini ishlab chiqarishda kislota regulyatori sifatida ishlatiladi.U mevali va mevali aralashmalarga jeleli shakarlanmalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bu tuz (Na2HPO4*12H2O (ikkilamchi natriy gidrofosfat)) moddalarning gelatsiyalash(qotirish) uchun maqbul bo`lgan pyure aralashmasi pH qiymatini o`zgartirib, marmelad do`koninig tayyorgarlik bo`limida meva-shakar arlashmasini katta hajmlarda tayyorlashga, bu aralashmani nasos yordamida uzoq masofalargacha eltishda yaxshi saqlovchi bo`lib yordam beradi.Shuningdek u qandolat sanoatida shaker inversiyasini tartibga solish uchun ham ishlatiladi.

Ikkilamchi natriy gidrofosfat Na2HPO4*12H2O natriy korbanatni fosfat kislotaga ta`sir ettirib olinadi:
NaCO3 + H3PO4 = Na2HPO4 + H2O + CO2
Kristallangan tuzni olish uchun eritma dastavval bug`lantiriladi, undan so`ng kristallangan ikkilamchi natriy gidrofosfat (Na2HPO4*12H2O ) olishimiz mumkin. Kristallangan tuzdagi suv molekulalari ochiq havoda yemirilishni boshlaydi, tuz quritilganda yoki 100 Co gacha qizdirilganda tuz butunlay suvsizlantiriladi va to`liq suvsizlangan Na2HPO4 olish mumkin. Agar qizdirish 100 Co dan oshganda natriy girdofosfat (Na2HPO4) quyidagicha parchalanadi:
2Na2HPO4 →Na2P2O7 + H2O
Tashqi ko`rinishidan preparat rangsiz shaffof(nur o`tkazuvchan) ko`rinishga ega bo`ladi

40 Co da preparat o`zining kristallangan suvi yordamida erib ketadi.Preparat suvda yaxshi eriydi, uning suvli eritmasi esa ishqoriy xossaga ega.


Mahsulotning haqiqiyligini, ya`ni sifat reaksiyalarini laboratoriya sharoitida quyidagicha tekshiriladi:

  • Magneziya(magriy sulfat) bilan reaksiyasi natijasida oq cho`kma hosil bo`ladi:

Na2HPO4 + MgSO4 + NH4OH = MgNH4PO3↓ + NaSO4 + H2O
Reaksiya NH4Cl ishtirokida Mg(OH)2 hosil bo`lishining oldini olish bilan olib boriladi.

  • Nitrat kislotasining ammoniy molibdat bilan reaksiyasi natijada fosformolibdammoniyning sariq rangli cho`kmasi hosil bo`lishini tekshirish bilan:

Na2HPO4 +2HNO3 = 2NaNO3 + H3PO4
H3PO4 + 12(NH4)2MoO4 + 21HNO3 = (NH4)3PO4*12MoO3↓ +21NH4NO3 +12H2O
Preparat tarkibida davlat standartlari asosida xloridlar, karbonatlar, sulfatlar, metallar, etalon hamda temir m oddalari bo`lishiga ruxsat berilgan Ammo mahsulot tarkibida mishiyak(As) va uning birikmalari bo`lishi taqiqlangan.
Preparatning miqdoriy tarkibi analizi neytrallash usuli bilan aniqlanadi (reaksiya metil zarg`aldog`i indikatori ishtirokida natriy xlorid to`yingan eritmasining titri o`lchash yordamida amalga oshiriladi):
Na2HPO4 +HCl = NaCl + NaH2PO4
Hosil bo`lgan NaH2PO4 natriy digirofosfat tuzi suvli eritmada gidroliz bo`lishi mumkin:
NaH2PO4 + HOH ↔ NaOH + H3PO4
Eritmada ishqor paydo bo`lishi tufayli indicator rangi o`zgaradi(rangsiz→binafsha) Oqibatda esa ekvivalent nuqtasi o`zgarishi hamda titr o`lchashda xatolikka yo`l qo`yilishi mumkin. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun esa natriy xloridning NaCl ning to`yingan eritmasi qo`shiladi, ularda bir xil Na+ (natriy + kationi) ioni bo`lgani sababli natriy digidrofosfat (NaH2PO4)ning dissotsaialanish darajasini pasaytiradi va gidroliz jarayonini sekinlashtiradi. Bunday hollarda titrlashdagi xatolik darajasi keskin pasayadi. Bundan tashqari gidroliz darajasini pasaytirish uchun aralashma harorati 0 Co gacha pasaytiriladi.


XULOSA:
Mazkur kurs ishida ortofosfat kislotaning olinishi, fizik xossalari, kimyoviy xossalari va fosfat kislota tuzlarining deyarli barcha reaksiyalari, ularning umumiy xossalari va reaksiyalar, laboratoriya hamda sanoatda olinishi haqida aytib o`tilgan. Kurs ishida fosfat kislota hamda tuzlarining kundalik hayotda, iste`molda va ishlab chiqarish sanoatida ishlatilishi, organizmga foydali hamda zararli oqibatlari haqida yoritilgan.Bu kurs ishini yozish davomida har xil foydali adabiyotlar hamda internet saytlaridan foydalandim va yaqindan tanishib chiqdim. Foydali adabiyotlar asosan rus tilida bo`lgani sababli rus tilidagi adabiyotlardan to`g`ri foydalanishni ham o`rganib olishga harakat qildim.
Kurs ishi murakkab rejadan tashkil topgan bo`lib, uch bobdan iborat. Kirish qismida prezidentimizning yosh avlod haqidagi fikrlari hamda kurs ishining maqsad va mazmuni haqida gap brogan. Asosiy qismda fosfat kislotasi haqida umumiy ma`lumot, fosfat tuzlari va ular bilan boradigan reaksiyalar, fosfat tuzlarining fermer xo`jaliklarida o`g`itlar sifatida ishlatilishi hamda oziq-ovqat sanoatidagi samarali ishtiroki haqida bayon qilingan.Kurs ishi yakunida esa xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin