"Kimyo va uni o`qitish metodikasi" kafedra mudiri, dotsent kafedrasi dotsenti t f. n



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə2/9
tarix11.05.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#111675
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kimyo va uni o`qitish metodikasi kafedra mudiri, dotsent kafed

1.KIRISH
2020-yil mamlakatimizda Ilm-ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e`lon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi.

Pezidentimiz maktab bilan kollejlar o`rtasidagi bog`liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11 yillik ta`limni qayta tiklash, uning qoshida o`quv-kasb kursi tashkil etish zarurligini ta`kitlaganlari ham bejizga emas. Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo`lib , jamoa bo`lib shakllanadi, dedi davlatimiz rahbari. Ayni o`sha paytda ularni o`zlarni o`rgangan muhitdan ajratib qo`ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta`lim tarbiyasiga salbiy ta`sir qilishi mumkin. Shu bois ta`lim jarayoning uzluksizligini ta`minlash, o`quv dasturlarini takomillashtirish zarur. Shavkat Miromonovich 15-iyun kuni Toshkentda bo`lib o`tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash-davr talabi” mavzuidagi anjumanda so`zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to`xtalib o`tdi: “Bizni hamisha o`ylantirib kelgan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob axloqi, yurish – turishlari , bir so`z bilan aytganda duyoqarashi bilan bog`liq. Bugun zamon shiddat bilan o`zgarayapti. Bu o`zgarishlarni hammadan ham ko`proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli , yoshlar o`z davrining talablari bilan uyg`un bo`lsin. Lekin ayni paytda o`zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz, degan da`vat ularning qalbida doimo aks – sado berib, o`zligiga sodiq qolishga undab tursin.Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deya ta`kidladi prezidentimiz
-Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o`zining intellektual salohiyati, yuksak ma`naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti-kitob va kutubxonalarda, -degan edi yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev
Shiddat bilan o`zgarib borayotgan, turli yangi tahdid va xavflar paydo bo`layotgan bugungi davrda ma`naviyat va ma`rifatga, ahloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olishlari hamda barkamol bo`lib ulg`ayishiga e`tibor qaratish har bir millat uchun ustuvor vazifalardan biriga aaylandi.Shunday ekan biz yoshlar shunday murakkab zamonda yashar ekanmiz, yurtimizni, millatimizning sha`ni yelkamizda ekanligini hech qachon esdan chiqarmagan holda faqat va faqat odimlashimiz, ota-bobolarimizga mos farzand bo`lishimiz ham burchimiz, ham g`ururimiz hisoblanadi. Ahir hurmatli prezidentimiz-Bugungi ma`rifatga e`tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir, -deb bekorga aytmaganlar! Prezidentimiz ta`kidlaganidek, biz talaba yoshlar ko`proq bilim olishimiz, buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo`lib tarbiyalanishimiz, ularning buyuk asarlaridan hozirgi kumda samarali , keng foydalanishimiz kerak.
Bizlarning bolalarimiz, bizlarning farzandlarimiz,
Bizlarning nevarlarimiz bizdan ko`ra bilimdon,
Bizdan ko`ra kuchli, bizdan ko`ra aqlli, dono va albatta
Bizlarga nisbatan baxtli bo`lishlari shart!
I.A.Karimov

Kurs ishining maqsadi esa hozirgi kunda sanoatda, dehqonchilikda hamda kundalik hayotda keng miqyosda ishlatilib kelinayotgan fosfat kislotasi va fosfat tuzlari haqida yanada kengroq ma`lumot berish. Darsliklarda tushunilmay yoki aytilmay o`tgan jihatlarini o`quvchilarga yetkazish.


Fosfat kislotasining fizik va kimyoviy xossalarini chuqur tahlil qilish, munosabat bildirish hamda fikr almashinish, fosfat tuzlari haqida ma`lumotlarni yanada mustahkamlash, og`itlarining ishlatilishi va xossalari, oziq ovqat hamda ishlab chiqarish sanoatida tutgan o`rni haqida so`zlab berish bugungi kurs ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin