Hajmiy nisbatlar qonuni. Fransuz olimi Gey – Lyussak 1804 yilda gaz moddalar orasida sodir bo'ladigan kimyoviy reaksiyalarni o'rganib chiqib, quyidagi xulosani chiqardi: o'zgarmas sharoitda (bir xil bosim va bir xil haroratda) kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi gaz moddalarning hajmlari o'zaro bir-biri bilan va reaksiya natijasida hosil bo'ladigan gaz moddalarning hajmlari bilan o'zaro oddiy butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo'ladi.
Masalan, 2 hajm vodorod 1 hajm kislorod bilan yuqori haroratda reaksiyaga kirishganda 2 hajm suv bug'i hosil bo'ladi.
Avagadro qonuni. Italiyalik olim A. Avagadro hajmiy nisbatlar qonunini tushuntirish uchun 1811 yilda quyidagi gipotezani ishlab chiqdi: bir xil sharoitda (bir xil harorat va bir xil bosimda) teng hajmda olingan gazlarning molekulalar soni o'zaro teng bo'ladi. Oddiy gazlarning molekulalari bir necha atomdan iborat bo'lishi mumkin Avagadroning bu gipotezasi xilma xil faktlar bilan tasdiqlandi va 1860 yildan boshlab (kimyogarlarning xalqaro s'yezdidan keyin) bu gipoteza Avagadro qonuni deb tan olindi. Turli moddalarning bir gramm-molekulasidagi molekulalar soni, shuningdek turli elementlarning bir gramm-atomlaridagi atomlar soni ham teng bo'ladi. Har qanday moddaning bir gram-molekulasida 6,021023 ga teng molekula bo'ladi. Bu Avagadro sonidir. 1 litr gazning normal sharoitdagi massasi aniq bo'lsa, ayni gazning bir moli xuddi shu sharoitda qancha hajmni egallashini aniqlash mumkin, masalan:
V(O2) 22,4 l
V(CO2) 22,4 l
Har qanday gazning 1 moli normal sharoitda 22,4l hajmni egallaydi (Vo 22,4l)
Avagadro qonunidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1) oddiy gazlarning (kislorod, vodorod, azot, xlor) molekulalari ikki atomdan iborat;
2) normal sharoitda bir gramm-molekula gaz 22,4 l hajmni egallaydi;
3) bir xil sharoitda barobar hajmda olingan ikki gaz og'irliklarini orasidagi nisbat shu gazlarning molekulyar og'irliklari orasidagi nisbatga teng.
Dostları ilə paylaş: |