Ekvivalentlar qonuni. Moddalar o'zaro ma'lum massa miqdorida birikadi. Masalan, 49 g sulfat kislota 32,5 g rux bilan reaksiyaga kirishganda 1 g vodorod ajralib chiqadi. Sulfat kislotaning o'rniga 36,5 g xlorid kislota olinsa ham, o'shancha vodorod ajralib chiqadi. Demak, kimyoviy jaќatdan qaraganda 49 g sulfat kislotaning “qiymati” 36,5 g xlorid kislotaning “qiymati”ga tengdir. Vodorodning ekvivalenti 1 ga teng deb qabul qilindi.
Elementning bir og'irlik qism vodorod, sakqiz og'irlik qism kislorod bilan birika oladigan yoki shularga almashina oladigan miqdori uning k i m yo v i y e k v i v a l ye n t i deyiladi. Elementning kimyoviy ekvivalentini quyidagi formula bilan topamiz:
Murakkab moddaning bir ekvivalent (1 og'irlik qism) vodorod yoki bir ekvivalent (8 og'irlik qism) kislorod bilan, yoќud, umuman boshqa har qanday elementning bir ekvivalenti bilan reaksiyaga kirishadigan og'irlik miqdori shu murakkab moddaning e k v i v a l ye n t i deyiladi.
Ekvivalentlar qonuni quyidagicha ta'riflanadi: elementlar bir-biri bilan o'zlariining ekvivalentdariga proporsional miqdorlarda birikadi. Masalan, 8 g kislorod bilan 20 g kalsiy birikadi; 16 g kislorod bilan 40 g kalsiy birikadi.
Elementlarning ekvivalenti tajribada analiz, sintez va umuman kimyoviy reaksiya natijalari asosida hisoblab topiladi.
Elementning atom massasini valentligiga bo'lish bilan ham shu elementning ekvivalentini hisoblay olamiz, atom massa ekvivalentning valentlikka ko'paytmasiga tengdir.
Valentligi o'zgaruvchan elementlarning ekvivalentlari ham o'zgaruvchan bo'ladi.
Murakkab moddalar ekvivalentlarini topishda quyidagi formulalardan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: |