“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o’qitishning ilmiy metodik asoslari”



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/26
tarix16.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#99024
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Исақов Ғофуржон

Modulli ta’lim texnologiyalari 
Oliy 
ta’lim 
muassasalarida 
kimyoni 
o‘qitishda 
modulli 
ta’lim 
texnologiyasidan 
foydalanish 
muhim 
ahamiyat 
kasb 
etadi. 
Modulli 
ta’limtexnologiyasi modullarga asoslanadi. Modul lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, 
qism (blok) degan ma’noni bildiradi.
Kimyoni o‘qitishda modulli ta’limtexnologiyalaridan foydalanishda darsda 
foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, ya’ni modullarga 
ajratiladi va har bir qismni talabalar mustaqil o‘zlashtirishlari uchun o‘quv 


22 
topshiriqlari tuziladi. Shu o‘quv topshiriqlari asosida, har bir modul yakunida 
savol-javob o‘tkaziladi va xulosa chiqariladi.
Mazkur darslarda talabalarning bilish faoliyati modullarni ketma-ket 
o‘zlashtirishlarini nazarda tutgan holda tashkil etiladi. Har bir modulni 
o‘zlashtirish jarayoni talabalarning yaxlit bilish faoliyatining elementi sanaladi, 
ya’ni bir darsda yaxlit tashkil etilishi ko‘zda tutilgan talabalarning o‘quv faoliyati 
mavzu ajratilgan modullarga muvofiq holda o‘quv faoliyati elementlaridan tashkil 
topadi. Agar darsda o‘rganiladigan mavzu mazmuni 4 ta moduldan iborat bo‘lsa, 
talabalarning o‘quv-bilish faoliyati mos holda 4 ta o‘quv faoliyati elementidan 
tashkil topadi. Shuni qayd etish kerakki, dars yakunida talabalarning o‘z 
faoliyatlarini tahlil qilishi va o‘z-o‘zini baholashini amalga oshirish maqsadida 
modul dasturini yakunlash bosqichi bo‘ladi. Shu sababli fikr yuritilayotgan ushbu 
darsda foydalaniladigan modul dasturida 5 ta o‘quv faoliyati elementi bo‘ladi. 
O‘qituvchi shu asosda modul dasturini tuzadi. [15] 
Ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri, talabalarga insoniyat tarixi 
davomida yaratilgan bilimlarni etkazish, fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim 
olishlari uchun tegishli sharoit yaratish, zarur axborotlarni tanlash va mustaqil 
o‘qishni o‘rgatish orqali bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va 
qiziqishlarini orttirishdan iborat. Ushbu vazifalarni an’anaviy ta’lim 
texnologiyasidan foydalanilgan holda hal etib bo‘lmaydi, shu sababli ta’lim-tarbiya 
jarayoniga modulli ta’limtexnologiyasini qo‘llash zarurati vujudga keldi.
Modulli ta’limning asosiy mohiyati, talabalar modul dasturlari yordamida 
mustaqil ishlashiga asoslangan o‘quv-bilish faoliyati orqali belgilangan maqsadga 
erishadilar.
Modul dasturlari mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi 
maqsadidan kelib chiqadigan modul dasturining didaktik maqsadi, talabalarning 
dars davomida bajaradigan o‘quv topshiriqlari, topshiriqlarni bajarish bo‘yicha 
berilgan 
ko‘rsatmalar, 
modul 
dasturini 
yakunlash 
qismini 
o‘zida 
mujassamlashtiradi.


23 
Modul dasturlarini tuzishda o‘qituvchi e’tiborini quyidagilarga qaratishi 
zarur:
1. Modul dasturidan ko‘zda tutilgan didaktik maqsadni aniq yoritish. 
An’anaviy ta’limda, dars ishlanmasida o‘qituvchi darsning ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi maqsadlarini o‘z zimmasiga yuklaydi, ya’ni talabalarda muayyan 
tushunchalarni shakllantirish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, tarbiya berish va 
h.k. Modul dasturining didaktik maqsadi darsning yuqorida qayd etilgan 
maqsadlariga uyg‘un holda talabalarning zimmasiga yuklatiladi. Shuni qayd etish 
kerakki, maqsad aniq bo‘lsa, unga muvofiq holda tadbirlar qo‘llaniladi va erishish 
oson bo‘ladi.
2. O‘quv materialini o‘rganishning mantiqiyyo‘nalishi (induktiv yoki 
deduktiv tarzda berilganligi)ni aniqlash. Modulli ta’limtamoyillari hisobga olingan 
holda o‘quv materialini mazmunan tugallangan mantiqiy ketma-ketlikdagi kichik 
qism (modul)larga taqsimlash.
3. Talabalar tomonidan o‘quv materiallarini har bir moduli yoki qismini 
o‘zlashtirishi uchun tashkil etiladigan o‘quv faoliyati usullarini belgilash.
4. O‘quv faoliyati usullariga bog‘liq holda modul dasturidan o‘rin olishi lozim 
bo‘lgan o‘quv elementlarini va ularning ketma-ketligini aniqlash.
5. Talabalar bilimini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha dastlabki joriy 
nazorat, axborot to‘plami, o‘qitish mazmunini qayta ishlash, yakuniy nazorat va 
talabalar bilimidagi tipik kamchiliklar va xatolarni bartaraf etishyo‘llarini 
belgilash.
6.Talabalar uchun asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni tanlash.
Talabalar modul dasturi yordamida o‘quv materialini mustaqil va ijodiy 
o‘rganish jarayoni mazkur mavzuni o‘zlashtirish uchun dasturda belgilangan vaqt 
doirasida amalga oshirilishiga erishishi lozim. 
Modul dasturi o‘qituvchilar tomonidan tuzilib unda o‘qitish maqsadlari 
mavzuni o‘rganish bosqichlari, talabalar tomonidan bajariladigan o‘quv faoliyati 
elementlari, talabalar bilimini nazorat qilishyo‘llari ketma-ket yoziladi. 


24 
Modul dasturlari bu - dars matni va o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialini 
rejalashtirish emas, balki talabalarning u yoki bu mavzuni mustaqil va ijodiy 
o‘rganishlariga mo‘ljallangan o‘quv faoliyati dasturidir. Modul dasturlari 
o‘qituvchilar tomonidan tuzilib unda o‘qitish maqsadlari, mavzuni o‘rganish 
bosqichlari, talabalar tomonidan bajariladigan o‘quv topshiriqlari, o‘quv faoliyati 
elementlari, talabalar bilimini nazorat qilishyo‘llari ketma-ket yoziladi. 
[8]

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin