27
2000 yillarning birinchi yarmidan boshlab chet el oliy o‘quv yurtlarida tabiiy
fanlar va texnik fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasidan foydalanish
tendensiyasi kuzatilib, hozirgi kunda keys-stadi ta’lim texnologiyasi muammoli
ta’limning etakchi usullaridan bo‘lib qoldi. Eng umumiy tarzda keys-stadi
texnologiyasining mohiyati quyidagicha izohlanishi mumkin: ushbu texnologiya
vositasida o‘quvchiga real hayotiy vaziyatni anglash taklif etiladi, ayni paytda bu
vaziyatning tavsifida nafaqat
u yoki bu amaliy muammo, balki shu muammoni
echish natijasida egallanishi zarur bo‘lgan bilimlar kompleksi aktuallashishi ham
kuzatiladi. Ta’kidlash joizki, muammoning o‘zi mohiyatan echimga ega
bo‘lmaydi.
Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida o‘quvchilar tomonidan eng afzal
ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Buning sababi sifatida ushbu metod
o‘quvchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda
hamda amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida
ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) o‘quvchilarning
kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jihatdan
“ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy
motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi
o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib,
ijodiy
salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi.
Bunga albatta, ta’lim tizimining demokratlashuvi va modernizatsiyalashuvi,
pedagogik kreativlikka ochilgan keng yo‘l, ularda progressiv tafakkur uslubini
hamda pedagogik etika, pedagogik faoliyat motivatsiyasini shakllantirishi ham
misol bo‘la oladi. Keys-stadi ta’lim texnologiyasi tarkibidagi keysdagi harakatlar
tavsif ko‘rinishida berilishi mumkin, bunda o‘quvchidan
ushbu tavsifni anglash,
ya’ni tavsiflangan vaziyatning natijalari, samaradorligi yuzasidan mushohada
yuritish talab etiladi. Aks holda ular muammoning echimlari sifatida taklif
etiladi.Har ikkala holatda ham amaliy harakatlar modelini ishlab chiqish ta’lim
oluvchilarning kasbiy fazilatlarini shakllantirish vositasi sifatida xizmat
28
qiladi.V.YA. Platov keys-stadi texnologiyasining quyidagi afzalliklari va boshqa
ta’lim texnologiyalaridan ajralib turuvchi jihatlarini belgilaydi:
1. U yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tizim modelining mavjudligi hamda ushbu
model holatining muayyan vaqt birligi ichida tahlil etilishi.
2. Muammo echimini aniqlashga jamoaviy tarzda erishish.
Muammoning
echimida turli muqobil javoblarning mavjudligi.Yagona echimning mantiqan
mavjud emasligi.
3. Muammo echimini izlashda yagona maqsadning qo‘yilishi.
4. Faoliyatni baholashning guruhiy tizimining mavjudligi.
Ushbu o‘ziga xosliklar va boshqa omillar ta’sirida keys-stadi ta’lim
texnologiyasi ta’lim tizimi sharoitida keng tarqalmoqda. Ammo ushbu metodning
ta’lim tizimida samarali qo‘llanilishida bir qator qiyinchiliklar ham kuzatiladi.Eng
avvalo, bunday qiyinchiliklar pedagog-kadrlarning tegishli metodning metodologik
asosiga yuzaki yondashuvi natijasida vujudga keladi. Ko‘pincha, keys-stadi ta’lim
texnologiyasi ostida ta’lim tizimiga “soxta” vaziyatlar, boshqacha aytganda
“hayotiy” vaziyatlarning kirib kelishi kuzatiladi, ta’limiy munozara esa “hayot
haqidagi suhbat”ga aylanadi. Ammo ayni paytda keys-stadi ta’lim texnologiyasi
o‘qituvchining kasbiy kompetentligini oshirish vositasi bo‘lib, ta’limning
tarbiyaviy, ta’limiy va tadqiqotchilik funksiyalarini birlashtirishga xizmat qilishi
mumkin. Ushbu metodning samaradorligini oshiruvchi
yana bir omillardan biri
uning boshqa ta’lim metodlari bilan oson birikishidadir.
Keys-stadi ta’lim texnologiyasining yana bir bazaviy kategoriyasi bu “tahlil
(analiz)”dir. Tahlil etish kategoriyasi ob’ektni xayolan bo‘laklargabo‘lish yoki
ilmiy tadqiq etish sifatida tushunilishi mumkin. Analizning turli klassifikatsiyalari
mavjud bo‘lib ommaviy analiz tasnifini quyidagicha belgilaymiz: tizimli analiz,
korrelyasion analiz, faktorli analiz, statistik analiz va boshqalar. Umuman olganda
aytish mumkinki, analizning ushbu barcha turlari keys-stadi texnologiyasi
doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, bu holat texnologiyaning imkoniyatlarini
yanada kengaytiradi. Keys-stadida vaziyatni anglash,
tafakkur qilish jarayonida
amalga oshishi mumkin bo‘lgan bir qator analitik faoliyat turlari ishtirok etishi
29
mumkin. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchidan yuqori darajadagi metodologik
madaniyatni talab etadi. Quyidagi jadvalda keys-stadi texnologiyasida foydalanish
mumkin bo‘lgan analiz turlarining imkoniyatlari berilgan (1-jadval)
Dostları ilə paylaş: