31
M.V.Lomonosovdan qariyb yarim asr keyin, ingliz olimi J.Dalton kimyo va
fizika sohasida yig’ilgan tekshirish natijalarini atomistik ta‘limot asosida talqin
qildi; u 1808 yilda atomistik ti‘limotni quyidagicha ta‘rifladi:
a) moddalar nixoyatda mayda zarrachlar – atomlardan tuzilgan, atom yanada
kichikroq zarrachalarga bo’lina olmaydi;
b) har qaysi kimyoviy element faqat o’ziga hos «oddiy» atomlardan tuzilgan
bo’lib, bu atomlar boshqa element
atomlaridan farq qiladi, har bir elementning
atomi o’ziga hos massa va o’lchamga ega;
v) kimyoviy reaktsiya vaqtida turli elementlarning «oddiy» atomlari o’zaro
aniq va o’zgarmas butun sonlar nisbatida birikib, «murakkab» atomlarni hosil
qiladi
g) faqat boshqa – boshqa xossalarga ega bo’lgan atomlar o’zaro birika oladi,
bir elementning atomlari hech qachon o’zaro kimyoviy reaktsiyaga kirishmaydi.
Ular faqat bir-biridan itariladi.
Dalton atomistik ta‘limotga tayanib, kimyoning
asosiy qonunlarini izohlab
berdi. U kimyoviy element tushinchasiga aniq ta‘rif berdi: «kimyoviy element bir
xil xossalar bilan tavsiflanadigan atomlar turidir». Bundan tashqari, u «atom
massa» (ya‘ni atomning nisbiy massasi) tushunchasini kiritdi, vodorodning atom
massasini shartli ravishda birga teng deb qabul qildi.
Dalton ta‘limotida kamchilliklar borligi o’sha vaqtdayoq ma‘lum
bo’ldi.Dalton ta‘limoti oddiy moddalarning molekulalari bo’lishini inkor qildi.
Undan tashqari Dalton murakkab moddalarning tuzilishini
talqin qilishda hatoga
yo’l qo’yib, bir elementning bir atomi ikkinchi elementning fakat birgina atomi
bilan birikadi, deb faraz qildi. Shunga asoslanib,
Dalton suv formulasini HO,
ammiaknikini NH, etilennikini CH shaklida ifodaladi. Dalton atom massa
tushunchasi bilan «ekvivalent» tushunchasi orasidagi farqni ko’rmadi. Shuni
ta‘kidlab o’tish kerakki, Daltonning oddiy moddalarda molekulalar bo’lishini inkor
etishi kimyoning keyingi rivojlanishiga halol berdi.
Kimyoda atom – molekulyar ta‘limot faqat XIX asrning o’rtalaridagina uzil –
kesil qaror topdi. Kimyogarlarning 1860 yilda bo’lib o’tgan xalqaro anjumanida
32
molekula va atom tushunchalarining ta‘rifi qabul qilindi. Hozir zamonaviy atom-
molekulayar ta‘limotni quyidagicha bayon qilish mumkin:
1. Moddaning kimyoviy jihatdan bo’linmaydigan eng kichik zarrachasi–
atom deb ataladi. Bir turdagi atomlar «kimyoviy element» deyiladi.
2.
Tabiatdagi moddalarning turli-tumanligi kimyoviy elementlartomlarining
o’zaro turlicha birikishi bilan izohlanadi.
3. Atomlar o’zaro birikib molekulalar xosil qila oladi. Molekula ayni modda
tarkibini va kimyoviy xossаlarini ifodalovchi eng kichik zarrachadir.
Molekulalarning o’zaro jipslashishi natijasida «molekulyar tuzilishli»
moddalar
hosil bo’ladi. Bu moddalarda molekulalararo tortishuv kuchlari molekula
tarkibidagi atomlararo tortishuv kuchlaridan kichik bo’lganligi sababli, molekulyar
tuzilishli moddalar past temperaturada suyuklanadi va qaynaydi.
4. Atomlar o’zaro birikishi natijasida atomlar tuzilishiga ega bo’lgan
moddalar hosil bo’lishi ham mumkin. Bu moddalar ko’p miqdordagi batartib
o’rnashgan atomlardan iborat bo’lib, ularni «atom tuzilishli» moddalar deb ataladi.
Ular (masalan, olmos va boshqalar) yuqori haroratlarda suyuqlanadi.
5.
Moddalar o’z tarkibi jihatidan oddiy va murakkab bo’lishi mumkin.
6.
Molekula va atom uzluksiz harakatda bo’ladi.
7.
Kimyoviy reaktsiya vaqtida o’zaro ta‘sirlashuvchi moddalar tarkibidagi
atomlar qayta guruhlanishi natijasida yangi mahsulotlar hosil bo’ladi.
8.
Atom kimyoviy elementning eng kichik zarrachasi bo’lib, shu
elementning barcha kimyoviy xossalarini o’zida mujassam qiladi.
Dostları ilə paylaş: