NISBIY ATOM VA NISBIY MOLEKULYAR MASSALAR
Eng yengil atom – vodorod atomi bo’lib, uning massasi 1,674·10
–27
kg ni;
Yerda uchraydigan eng og’ir atom – uranniki – 3,952·10
–25
kg ni, kislorodniki –
2,667·10
–27
kg ni , uglerodniki esa – 1,993·10
–26
kg ni tashkil etadi. Hisoblashlarda,
bunday sonlarni qo’llash noqulaydir. Shuning uchun kimyoda, fizikada va umuman
hamma tabiatshunoslikda atom massalarining mutlaq emas balki, nisbiy
qiymatlaridan foydalaniladi. 1961 yilda atom massasining birligi qilib uglerod
35
izotopi
12
C atomi massasining 1/12 qismiga teng bo’lgan massa atom birligi
(m.a.b.) qabul qilingan.
Ko’pchilik kimyoviy elementlarda massasi turlicha bo’lgan atomlar bo’ladi.
Shu sababli: elementning tabiiy izotoplar tarkibidagi atomi o’rtacha massasining
uglerod
12
C atom massasining 1/12 qismiga nisbatiga teng kattalik kimyoviy
elementning nisbiy atom massasi (Ar
r
) deyiladi.
Elementlarning nisbiy atom massaslari (uni «atom massa» deb atalsa ham
bo’ladi) Ar
r
bilan belgilanadi, bunda indeks r – inglizcha relative nisbiy so’zining
bosh harfidir. A
r
(H) , A
r
(O), A
r
(C) yozuvlar vodorodning nisbiy atom massasi,
kislorodning nisbiy atom massasi va uglerodning nisbiy atom massasini bildiradi.
Masalan,
A
r
(H) =
кг
кг
26
27
10
993
,
1
12
/
1
10
674
,
1
= 1,0079 ;
A
r
(O) =
кг
кг
26
26
10
993
,
1
12
/
1
10
667
,
2
= 15,9994;
Nisbiy atom massa – kimyoviy elementning asosiy harakteristikalaridan
biridir. Atom massalarning hozirgi qiymatlari D.I. Mendeleevning elementlar
davriy sistemasida berilgan.
Moddaning tabiiy izotoplar tarkibidagi molekulasi o’rtacha massasining
uglerod atomi
12
C massasining 1/12 qismiga nisbatiga teng qiymat moddaning
nisbiy molekulyar massasi M
r
deyiladi.
Nisbiy molekulyar massa son jihatdan modda molekulasi tarkibiga
kiradigan barcha atomlar nisbiy atom massalarining yig’indisiga teng. Uni
moddaning formulasidan oson hisoblab topish mumkin. Masalan, M
r
(H
2
O)
quyidagicha topiladi:
2 Ar (H) = 2
1,00797 = 2,01594
Ar (O) = 1
15,9994 = 15,9994
Mr (H
2
O) = 18,01534
Demak, suvning nisbiy molekulyar massasi 18, 01534 ga yoki yaxlitlaganda
18 ga teng.
36
Nisbiy molekulyar massa berilgan modda molekulasining massasiga
12
C
atomi massasining 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini ko’rsatadi. Masalan,
suvning molekulyar massasi 18 ga teng. Bu degan so’z, suv molekulasining
massasi
12
S atom massasining 1/12 qismidan 18 marta katta demakdir. Nisbiy
molekulyar massa ham – moddalarning asosiy harakteristikalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |