“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o’qitishning ilmiy metodik asoslari”



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/26
tarix16.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#99024
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Исақов Ғофуржон

 MOL. MOLYAR MASSA. 
Hamma kimyoviy hisoblarda muhim tushuncha bo’lib mol hizmat qiladi. 
«Fizikaviy kattaliklar birliklari» Davlat standartida mol uchun quyidagi ta‘rif 
berilgan: «Mol – bu moddaning 0,012 kg uglerod izotopi 
12
C da nechta atom 
bo’lsa, tarkibida shuncha struktura birliklar (molekula, atom, ion, elektron 
va boshqalar) bo’ladigan miqdoridir.» Masalan, 1 mol uglerod (IV) – oksidi 
(CO
2
) 1 mol CO
2
molekulasidan, 1 mol C atomlaridan 2 mol O atomlaridan, 22 
mol elektronlardan 3 mol atom yadrolardan tarkiblangan; 1 mol natriy sulfid esa 1 
mol Na
2
SO
4
guruhidan, 2 mol Na
+
ionlaridan, 1 mol SO
4
2-
ionlaridan tarkiblangan. 
Bitta uglerod atomining massasini (1,993 ·10
–26 
kg ) bilgan holda 0,012 kg 
ugleroddagi atomlar soni N
A
ni hisoblab topish mumkin.

A

23
26
10
02
,
6
10
993
,
1
/
012
,
0




кг
моль
кг
g/mol 
Bu son Avogadro doimiysi deyiladi (belgisi N
A
, o’lchovi g/mol) va istalgan 
moddaning bir molidagi struktura birliklari sonini ko’rsatadi. 
Mollar hisobidagi modda miqdori massaga proportsional bo’lmaydi, chunki 
ayni bir modda molekulalari massalari hatto turli xil izotoplardan tarkib topganini 
hisobga olmaganda ham, har xil energetikaviy holatlarida turli massaga ega 
bo’ladi. Shuning uchun modda miqdori – mol yangi birlik bo’lib, massadan farq 
qiladi. 
Molyar massa – modda massasining moddaning miqdoriga nisbatiga 
teng kattalik. 
Uning o’lchovi kg/mol yoki g/mol; odatda u M harfi bilan belgilanadi.
Molekulaning massasini bilgan holda moddaning molyar massasini oson 
hisoblab topish mumkin. Masalan, agar suv molekulasining massasi 2,99·10
-26
kg 


37 
ga teng bo’lsa, u holda molyar massasini Mr (H
2
O) = 2,99
·10
–26
kg . 6,02·10
23
g/mol = 0,018 kg/mol, ya‘ni 18 g/ mol bo’ladi. Umumiy holda moddaning g/mol 
da ifodalangan molyar massasi shu moddaning nisbiy atom yoki nisbiy molekulyar 
massasiga son jihatidan teng bo’ladi. Masalan, C, Fe, O
2
, H
2
O larning nisbiy atom 
va molekulyar massalari tegishlicha 12, 56, 32, 18 ga teng, ularning molyar 
massalari esa tegishlicha 12 g/mol, 56 g/ mol, 32 g/mol, 18 g/mol bo’ladi.
Molekulyar massani molekulyar holatdagi moddalar uchun ham, atomar 
holatdagi moddalar uchun ham hisoblab topish mumkin. Masalan, vodorodning 
nisbiy molekulyar massasi Mr (H
2
) = 2, moddaning struktura birliklari soni (N
A

bilan aniqlangan miqdori bir xil – 1 mol. Lekin molekulyar vodorodning molyar 
massasi esa 1 g/mol. Bir mol atom, molekula yoki ionlardagi zarrachalar soni 
Avogadro doimiysiga teng bo’ladi, masalan:
1 mol 
12
S atomlari = 6,02

10
23
atom 
12

1 mol H
2
O molekulalari = 6,02

10
23
molekula H
2

1 mol SO
2-
4
ionlari = 6, 02 

10
23
SO
4
2-
ionlari 
Massa bilan modda miqdori– har xil tushunchalardir. Massa kgda 
(grammalarda), modda miqdori esa– mollarda ifodalanadi. Moddaning massasi (m, 
g), moddaning miqdori (n, mol ) va molyar massa (M, g/mol) orasida oddiy 
nisbatlar bor:
m = nMn = 
M
m
M =
n
m
Shu formulalardan modda muayyan miqdorining massasini hisoblab topish, 
yoki moddaning ma‘lum massasidagi mollar sonini aniqlash yoxud moddaning 
molyar massasini oson topish mumkin.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin