“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o’qitishning ilmiy metodik asoslari”


Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko‘ra



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/26
tarix16.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#99024
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Исақов Ғофуржон

Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko‘ra: 
 
Talabalarning individual tarzda ishlashiga mo‘ljallangan modul 
dasturlari har bir talabaning iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, o‘zlashtirish 
darajasini aniqlash va orttirish, darslik ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o‘z-o‘zini 
baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
 
Ikkita talaba hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlari 
yuqorida qayd etilganlardan tashqari, talabalarning bir-birini o‘qitish, o‘zaro 
hamkorlikda o‘quv topshiriqlarini bajarishi va muammolarni hal etishi, o‘zaro 
nazoratni amalga oshirishi;
 
Talabalarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan 
modul dasturlari yuqoridagilar bilan bir qatorda talabalar o‘rtasida muloqot, o‘quv 
bahsi va munozara, o‘zaro hamkorlik va yordamni amalga oshirishni nazarda 
tutadi.
Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil 
yondashuv mavjud: 
1. Musobaqa usuli. 
O‘qituvchi talabalarni teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi 
vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har bir modul yakunida savol-javob
o‘quv bahsi musobaqa tarzida o‘tkaziladi.Guruhlar o‘rtasida g‘oliblar 
aniqlanadi.Guruh ahzolari o‘z faoliyatini hamkorlarining fikrini hisobga olgan 
holda baholaydi. 
2. Kichik konsul’tantlar usuli. 
O‘qituvchi talabalarni teng sonli kichik guruhlarga ajratib, modul dasturi 
vositasida mustaqil ishlarni tashkil etadi. Har bir guruhga kichik konsul’tantlar 


25 
tayinlanadi.Kichik konsulg‘tantlar guruh ishini boshqaradi, talabalarning 
faoliyatini nazorat qiladi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi.Har bir modul 
yakunida savol-javob, o‘quv bahsi o‘tkaziladi. O‘zaro nazorat orqali talabalar 
baholanadi.
O‘qituvchi o‘quv materiallarini modullarga ajratadi va modul dasturini 
yaratadi. Har bir modulning xususiy didaktik maqsadi va o‘quv topshiriqlarini 
aniqlaydi. Mashg‘ulot yuzasidan nazorat test topshiriqlari va mustaqil ish 
topshiriqlarini tuzadi. Talabalarning mustaqil o‘quv bilish faoliyatini tashkil etadi. 
Modul dasturining didaktik maqsadi va o‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi. 
Talabalarning modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil etadi.Muammoli 
vaziyatlarni vujudga keltiradi, tegishli hollarda yordam uyushtiradi. 
Modul dasturidan o‘rin olgan har bir modul yakunida o‘quv bahsi, savol-
javob, munozara, aqliy hujum o‘tkazadi.Modul dasturini yakunlaydi. 
Mashg‘ulot yuzasidan test topshiriqlari yordamida o‘qituvchi nazoratini 
amalga oshiradi. Erishilgan natijani tahlil qilib talabalarga erishilgan natijasiga 
muvofiq holda mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini tavsiya etadi. Talabalar modul 
dasturining didaktik maqsadi, modullar, modullarning xususiy didaktik maqsadlari, 
mashg‘ulot davomida bajariladigan o‘quv topshiriqlari, topshiriqlar yuzasidan 
ko‘rsatmalarni anglaydi. O‘z o‘quv bilish faoliyatini tashkil etadi. Mashg‘ulot 
matnini mustaqil o‘zlashtiradi, o‘quv topshiriqlarini sifatli bajaradi, savollarga 
javob topadi.Muammoli vaziyatlardan chiqishning optimal variantlarini taklif 
etadi. O‘quv bahsi, savol-javob, munozara va aqliy hujumda faol ishtirok etadi va 
h.q 
Xulosa qilib aytganda, o‘qitish jarayonining samaradorligi o‘qituvchi 
tomonidan talabalarning bilish faoliyatini o‘qitish vazifalari va maqsadlariga 
muvofiq tashkil eta olish ko‘nikmalarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Kimyoni o‘qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan “Keys”, 
“Insert”, “Klaster”, Venn diagrammasi, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda 
ishlash”, “Atamalar zanjiri”, “Atamalar varag‘i”, tezkor o‘yinlar va o‘yin 
mashqlarning turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. 


26 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin