Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə21/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Gravimetrik analiz





      1. Gravimetrik (tortma) analiz usulining umumiy tavsifi

Gravimetrik (tortma) analizda aniqlanuvchi modda biror uchuvchan birikma ko‘rinishida haydaladi (haydash usuli) yoki eritmadan qiyin eruvchan birikma ko‘rinishida cho‘ktiriladi (cho‘ktirish usuli). Haydash usuli bilan, masalan, kristall gidrat- lardagi kristall suv miqdori aniqlanadi. Qizdirish vaqtida birikma parchalanmay, faqatgina suvni ajratib, boshqa kimyoviy o‘z- garishlarga uchramasa, kristall gidratdagi kristallizatsiya suvining miqdori haydash usuli bilan aniqlanadi. Masalan:


BaCl2•2H2O BaCl2 + 2N2O
Kimyoviy reaksiya natijasida uchuvchan birikma hosil qiladi- gan modda yoki birikma miqdorini aniqlashda ham haydash usu-
li qo‘llaniladi. Masalan, ko‘pincha SiO2 miqdorini aniqlash uchun uning ftorid kislota bilan reaksiyasidan foydalaniladi. Kimyoviy reaksiya natijasida uchuvchan SiF4 hosil bo‘ladi:
SiO2+4HFSiF4+2H2O
Ba’zi moddalar ta’sir ettirilganda reaksiya mahsulotlaridan bi- ri uchuvchan birikma bo‘ladigan karbonatlar, nitratlar va boshqalarni aniqlashda ham shu usul qo‘llaniladi. Analiz qilina- yotgan komponent miqdori qizdirish natijasida modda massasi- ning o‘zgarishi (ko‘pincha kamayishi) yoki reaksiyada hosil bo‘ladigan gaz mahsulotning biror moddaga yutilishi natijasida shu modda massasining ortishiga qarab aniqlanadi.
Bunda tekshirilayotgan moddaning tarozida tortib olingan qis- mi biror usul bilan eritmaga o‘tkaziladi, so‘ngra aniqlanayotgan element eritmadan qiyin eriydigan birikma (kristall yoki amorf cho‘kmalar) tarzida cho‘ktiriladi. Hosil qilingan cho‘kma filtrlab ajratiladi, yaxshilab yuviladi, quritiladi, doimiy massaga kelgun- cha qizdiriladi va analitik tarozida tortiladi. Cho‘kmaning massa- siga va formulasiga qarab moddaning miqdori hisoblab topiladi va bu miqdor moddaning analiz uchun tortib olingan qismiga nis- batan foizlarda ifodalanadi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin