Cho‘kmani qizdirish. Quritilgan cho‘kma tarkibida kristalliza- tsiya suvi bo‘lishi mumkin. Uni tigelda, gorelka alangasida yoki mufelda cho‘kmani qattiq qizdirib chiqarib yuborish kerak. Bun- dan tashqari modda qattiq qizdirilganda u kimyoviy parchalanishi ham mumkin. Masalan, kalsiy ionlarini ammoniy oksalat yor- damida cho‘ktirish yo‘li bilan hosil qilingan kalsiy oksalat cho‘kmasi CaC2O4·H20 quritilganda kristallizatsiya suvini yo‘qotadi:
CaC O ⋅H O
t oC
CaC O + H O
2 4 2
→
2 4 2
U kuchsiz qizdirilganda kalsiy karbonat va uglerod (II) oksid- ga parchalanadi:
CaC O ⋅H O
t oC
CO ↑+CaCO
+ H O
2 4 2
→ 3 2
CaCO
t oC
CaO +CO ↑
3 → 2
Shu sababli, avvalo, tortiladigan shaklni aniqlab olish kerak. Agar tortiladigan shakl CaO bo‘lsa, cho‘kmani qattiq qizdirish lo-
zim, tortiladigan shakl CaC2O4·H2O bo‘lganda cho‘kmani quri- tish shkafida quritishning o‘zi kifoya qiladi.
Dostları ilə paylaş: |